Toshpo‘lat Ahmad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshpo‘lat Ahmad
Tavalludi 13-dekabr 1942-yil (1942-12-13) (81 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Samarqand Davlat universiteti
Kasbi shoir, yozuvchi, tarjimon
Unvoni Oʻzbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
Mukofotlari Mehnat shuhrati (1998), El-yurt hurmati (2007)

Toshpoʻlat Ahmad (1942-yil 13-dekabrda Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSRda tugʻilgan) — Oʻzbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir, yozuvchi va jamoat arbobi.

Hayoti va ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshpoʻlat Ahmad 1942-yil 13-dekabrda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi Denov qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, Samarqand davlat universitetida tahsil olgan (1959-1964). Turli yillarda Samarqand viloyat gazetasi adabiy xodimi, „Buxoro haqiqati“ viloyat gazetasi adabiy xodimi, tarjimoni, boʻlim mudiri, bosh muharriri boʻlib ishlagan. 1996−yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat boʻlimi mas’ul kotibi[1].

Ijodkor „Buxoro yulduzi“ nomli hujjatli qissasi, „Qasam va qasos“, „Oʻgʻlingman, hayot!“, „Qalbning oppoq gavhari“ kabi ocherklar, „Ochiq eshik“ nomli hikoyalar, „Minorlar va chinorlar“, „Oydin xayollar“, „Tabassum bogʻi“, „Imon qal’asi“ singari she’riy kitoblar muallifi.

Toshpoʻlat Ahmad, shuningdek, mohir tarjimon hamdir. Tojikiston xalq yozuvchisi Jalol Ikromiyning „Qora quzgʻunlar“ romani uning tarjimasida oʻzbek kitobxoni qoʻliga borib yetgan. Bundan tashqari, Rasul Hamzatov, Vladimir Solouxin, Avetik Isaakyan, Ovanes Sheroz, Loyiq Sherali, Ahmad Muxtor singari qardosh shoirlarning asarlarini ham oʻzbek tiliga tarjima qilib, oʻquvchilar maʼnaviy mulkiga aylantirgan.

Keyingi yillarda shoirning Buxoroning 2500 yilligiga bagʻishlangan „Sharq tumori“, „Figʻon“, „Ahli muslim mehrobi“, „Buxoronoma“ (saylanma), „Chorbakr“, „Gavhari jonim“, „202 atirgul“ nomli sheʼriy kitoblari chop etildi va „Figʻon“ pyesasi sahna yuzini koʻrdi.

Asarlari rus, tojik, turkman, venger, ispan, turk, qozoq tillariga tarjima etilgan[2].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • "Buxoro yulduzi" (hujjatli qissa)
  • "Ochiq eshik" (hikoyalar)
  • "Figʻon" (pyesa)

Ocherklar:

  • "Qasam va qasos"
  • "Oʻgʻlingman, hayot"
  • "Qalbning oppoq gavhari"

Sheʼriy kitoblar:

  • "Minorlar va chinorlar"
  • "Oydin xayollar"
  • "Tabassum bogʻi"
  • "Imon qalʼasi"
  • "Sharq tumori"
  • "Figʻon"
  • "Ahli muslim mehrobi"
  • "Buxoronoma" (saylanma)
  • "Chorbakr"
  • "Gavhari jonim"
  • "202 atirgul"

Tarjimalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jalol Ikromiy „Qora quzgʻunlar“ (roman)
  • Rasul Hamzatov, sheʼrlar
  • Vladimir Solouxin, sheʼrlar
  • Avetik Isaakyan, sheʼrlar
  • Ovanes Sheroz, sheʼrlar
  • Loyiq Sherali, sheʼrlar
  • Ahmad Muxtor, sheʼrlar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Toshpo‘lat Ahmad (1942)“. ziyouz.com. Qaraldi: 7-aprel 2024-yil.
  2. „Toshpo‘lat Ahmad“. arboblar.uz. Qaraldi: 7-aprel 2024-yil.