Toshkent halqa avtomobil yoʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Stamps of Uzbekistan, 2006-075.jpg

Toshkent halqa avtomobil yoʻli — umumdavlat ahamiyatidagi yoʻl. Katta va kichik halqa yoʻllardan iborat. Katta halqa avtomobil yoʻlini loyihalashtirish va qurilish ishlari 1959—68 yillarda bir necha bosqichlarda qismlarga boʻlinib amalga oshirilgan. Umumiy uz. 67 km, qattiq toʻshamali (48 km sementbeton, 19 km asfaltbeton), Itoifali. Tranzit yuklarning Toshkent shahrini chetlab oʻtishini taʼminlash, shahar ichidagi transport qatnovi xavfsizligi va ekologiyani yaxshilash maqsadlariga xizmat qiladi. Bu yoʻl xalqaro ahamiyatli 3 ta (M34; M39; A373), 7 ta umumdavlat, 10 ta mahalliy yoʻllar va koʻplab shahar kuchalari tutashadigan, umumiy uz. 3372 m boʻlgan 22 ta koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar, jami uz. 6125 m boʻlgan 160 ta quvur va boshqa meʼmoriy inshootlar barpo etilgan murakkab muhandislik inshootidir. Yil davomidagi oʻrtacha kunlik transport harakati jadalligi 38500 avtomobilGʻkunni tashkil etadi (2004).

Kichik halqa avtomobil yoʻli Toshkent shahrining hududiy kengayishi, transport vositalari sonining koʻpayib borishi va shahar koʻchalaridagi transport harakatini oqilona tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida OʻzR Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan qurila boshlandi. Mazkur yoʻl Toshkent sh. hokimligining 2001 y. 2 iyundagi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 y. 14 noyabrdagi farmoyishi asosida barpo etildi. Toshkent sh. hududidagi bir qancha koʻchalarni birlashtiradi; qattiq asfaltbeton toʻshamali, uz. 32,2 km, oʻrtadagi ajratish tasmasining kengligi 1–2 m. Qatnov qismlari 8 tasmali boʻlib, kengligi 32,0 m. Kunlik transport qatnovi jadalligi 35000—45000 avtomobilGʻkun.

Tohirjon Mirzayev.