Keles yoʻli koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Keles yoʻli koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Olmazor
Uzunligi 4 km
Kim sharafiga nomlangan Keles
Koʻchada joylashgan binolar K.Gʻofurov, „Ahil“, „Moyariq“ mahallalari
Qoraqamish kanali

Keles yoʻli koʻchasi — Olmazor tumani hududidagi asosiy koʻchalardan biri. Toshkentning shimoliy-gʻarbida. Sagʻbon koʻchasi bilan Toshkent avtomobil halqa yoʻli (Katta halqa yoʻli) oraligʻida joylashgan. Uzunligi 4 km atrofida.

Qadimda Toshkentni Keles va Sariogʻoch hududlari bilan bogʻlovchi muhim koʻchalardan biri hisoblangan. XX asrning 1-yarmida Toshkent viloyatining Toshkent tumani tarkibida bulgan. 1970-yil Sobir Rahimov tumani (hozirgi Olmazor) tashkil etilishi munosabati bilan shahar tasarrufiga oʻtgan. 2008-yil 9-iyundan hozirgi nomi bilan yuritiladi. Tarkibida 5 ta tor koʻcha va 1 ta berk koʻcha bor[1].

Yoʻnalishida K.Gʻofurov, „Ahil“, „Moyariq“ mahallalari, Qoraqamish kanali, Moyqoʻrgon arigʻi, ochiq kollektor, shaxsiy turar joy binolari, mahalla guzari, savdo shoxobchalari, servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan. Koʻcha boʻylab jamoat transporti harakati yoʻlga qoʻyilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.