Toʻylar muborak (film)
Toʻylar muborak | |
---|---|
![]() „Toʻylar muborak“ filmidan skrinshot | |
Rejissor | Eduard Xachaturov |
Ssenariy |
Said Ahmad[1] Boris Saakov |
Aktyorlar | |
Bastakor | Y. Shiryayev |
Muharrir | F. Musajonov |
Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar | Oʻzbekfilm |
Davomiyligi | 65 minut |
Mamlakat | Oʻzbek SSR, SSSR |
Til | Oʻzbek[2] |
„Toʻylar muborak“ (ruscha: Подарю тебе город) — Eduard Xachaturov 1978-yil yaratgan oʻzbek kinokomediyasi.[3] Bosh rolda Oʻzbekiston xalq artisti Obid Yunusov oʻynagan.[4] Filmda koʻngilchanligi tufayli oʻz toʻyi kuni koʻp odamlarga yordam beraman deb, toʻyiga zoʻrgʻa yetib keladigan kuyov haqida hikoya qilinadi.
Sujet[tahrir]
Kuyovni va uning spirtli ichimlik ichib ozgina mast boʻlgan doʻstlarini davlat avtomobil nazorati ishchisi toʻxtatadi. Kuyov doʻstlarini qoldirib, taksida toʻyxonaga joʻnaydi. Taksi haydovchisining boshi aylanib, koʻzi tinadi va mashinani avariya qiladi. Kuyov shoshib turgan boʻlsa-da, taksi haydovchisini shifoxonaga olib boradi. Shifoxonadan chiqqanidan keyin yoshi katta erkak va uning ayoli kuyovdan oʻz „taksisida“ ularni bir joyga olib borib qoʻyishini iltimos qilishadi. Hamma uni taksi haydovchisi deb oʻylaydi. Kuyov odamlarni aytgan joylariga olib bora olmasligini aytsa ham, unga quloq solishmaydi.
Filmning yakuniga yaqin kuyov bir ayolning uyidagi devorni gips bilan qoplash yuzasidan bir mardikor bilan savdolashayotganini koʻradi. Mardikor katta pul soʻragani uchun kuyov devorni oʻzi gips bilan tezda qolplashga qaror qiladi. Gipsni suv bilan qorgandan keyin dam olgani oʻtiradi va xayol sura boshlaydi. Gips tezda qotib qoladi va kuyovning oyoqlari qotgan gipsdan chiqmaydi. Kuyovni maxsus mashinada, oyoqlari gipsda qotgan holda toʻyxonaga olib boradilar.
Rollarda[tahrir]
Aktyor | Rol |
---|---|
Obid Yunusov | kuyov Yunus |
Gʻani Aʼzamov | dorboz |
Dilorom Qambarova | Barno |
Gavhar Zokirova | kelin Nigora |
Razzoq Hamroyev | Yunusning otasi |
Ikroma Boltayeva | Yunusning onasi |
Lola Badalova | Nigoraning onasi |
Noila Toshkenboyeva | Nigoraning dugonasi |
Xayrulla Saʼdiyev | Rassom |
Xayrulla Lutfullayev | xonanda |
Farrux Zokirov | xonanda |
Soyib Xoʻjayev | yoʻlovchi |
Murod Rajabov | yoʻlovchi |
Manbalar[tahrir]
- ↑ Biography of Said Ahmad. Turonlib. Asl nusxadan arxivlandi (2013-01-07). 9 March 2012.
- ↑ http://m.kino-teatr.ru/kino/movie/sov/15701/titr/
- ↑ Podaryu tebe gorod: Information about the Movie. Kino-Teatr (Russian). 12 September 2014.
- ↑ BBC's Guest: The Famous Actor Obid Yunusov. BBC's Uzbek Service (Uzbek) (17 March 2009). 9 March 2012.