Ikroma Boltayeva
| Ikroma Boltayeva | |
|---|---|
| Tugʻilgan sanasi | 16-yanvar 1916-yil |
| Tugʻilgan joyi | Kitob |
| Vafot sanasi |
21-noyabr 1993-yil (77 yoshda) |
| Vafot joyi | Toshkent, Oʻzbekiston |
| Kasbi | teatr aktrisasi |
| Teatr | Qashqadaryo teatri, Hamza teatri |
| Mukofotlari |
|
Ikroma Boltayeva (1916.16.1, Kitob – 1993.21.11, Toshkent) – O‘zbekiston SSR xalq artisti (1956). Pedagogika bilim yurtida (1930—1932), Lohutiy nomidagi Toshkent teatr texnikumida (1933—1934) taʼlim olgan. Ijodiy faoliyatini Qashqadaryo teatrida boshlagan. 1934—1945-yillar Samarqand teatrida ishlab, Qunduz („Togʻ qizi“), Ledi Milford („Makr va muhabbat“), Maysara, Jamila („Maysaraning ishi“, „Boy ila xizmatchi“) kabi obrazlarni yaratgan. 1946-yildan Hamza teatrida. Boltayevaning obrazlari mukammal va tugalligi bilan ajralib turadi. Yuksak aktyorlik mahorati, ifodali nutqi, yorqin maishiy boʻyoqlar vositasida oʻziga xos qaytarilmas obrazlar yaratishga erishdi. Mashhur rollari: Varvara („Momaqaddiroq“), Hafiza, Saltanat, Netayxon, Shakarbuvi („Yangi yer“, „Shohi soʻzana“, „Tobutdan tovush“, „Ayajonlarim“), Dezdemona („Otello“), Nuri („Qutlugʻ qon“), Marhamat („Parvona“), Huriniso, Saodat („Oltin devor“, „Istanbul fojiasi“), Bashorat, Farmonbibi („Kelinlar qoʻzgʻoloni“) va boshqa Kinoda (Halima, „Mahallada duv-duv gap“ va boshqalar) ham rollar ijro etgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 16-yanvarda tugʻilganlar
- 1916-yilda tugʻilganlar
- Kitobda tugʻilganlar
- 21-noyabrda vafot etganlar
- 1993-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- O‘zbekiston SSR xalq artistlari
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Oʻzbekistonlik aktrisalar
- Hamza nomidagi oʻzbek drama teatri kishilari