Farrux Zokirov
Farrux Zokirov | |
---|---|
| |
Umumiy maʼlumot | |
Tugʻilishi |
16-aprel 1946-yil (74 yosh) |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Guruh | Yalla |
Faoliyat yillari | 1969-bugun |
Mukofotlari |
![]() |
Janr | Folk-rock, pop |
Amplua | Qoʻshiqchi, bastakor, aktyor |
Farrux Karimovich Zokirov (16-aprel 1946) — Taniqli oʻzbek va sovet estrada qoʻshiqchisi, bastakor va aktyor. 1976-yildan beri „Yalla“ vokal-cholgʻu guruhi rahbari. Farruh Zokirov bir vaqtning oʻzida 7 davlatning Xalq artisti va Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati hisoblanadi. 2002-yilning mayidan to 2004-yilning iyuligacha Oʻzbekiston Madaniyat vaziri oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.[1]
Tarjimai holi[tahrir]
Farruh Zokirov 1946-yilning 16-aprelida Toshkent shahrida professional musiqachilar oilasida dunyoga kelgan[2]. Uning otasi Oʻzbekiston SSR halq artisti Karim Zokirov — opera qoʻshiqchisi va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek davlat opera va balet teatri solisti, onasi ham milliy qoʻshiqlarni ijro etuvchi qoʻshiqchi va Muqimiy nomidagi Toshkent drama va komediya musiqali teatri salisti boʻlishgan. Farruhning ota-onasi Moskva konservatoriyasida tahsil olib yurishganlarida turmush qurishgan[2]. Oilada oltita farzand, beshtasi oʻgʻil: Botir, Naufal, Jamshid, Farruh, Ravshan va bir qiz: Luiza Zokirovalar dunyoga kelishgan. ushbu bolalar umumiy olganda mehmondoʻst oilada voyaga yetishgan. U davrlarda Zokirovlar xonadoniga oʻsha vaqtning taniqli saʼnat arboblari tez-tez tashrif buyurib turishgan. Ushbu holat bolalarda yoshliklaridan sanʼatga mehr erta uygʻonishiga katta turtki boʻlgan va bu voqea Toshkentda musiqa va teatr sohasida yetakchi Zokirovlar sulolasi vujudga kelishiga ham sabab boʻlgan.
Oilasi va yaqinlari[tahrir]
- Otasi — Karim Zokirov (1912-1977) opera kuychisi, O'zbekiston SSR Xalq artisti.
- Turmush oʻrtogʻi - Anna Zokirova. Birinchi turmush oʻrtogʻi - Nargiz Boyxonova.
- Akasi — Botir Zokirov (1936-1985), oʻzbek va sovet qoʻshiqchisi, yozuvchi, shoir, rassom va aktyor. Mamlakatda estrada sanaʼti asoschisi, Oʻzbekiston SSR Xalq artisti.
- Ukasi — Jamshid Zokirov (1949-2012) sovet va oʻzbek aktyori, teleboshlovchi, Oʻzbekistonda Xizmat koʻrsatgan artist.
- Opasi — Luiza Zokirova, qoʻshiqchi.
- Jiyani — Nargiz Zokirova, Luiza Zokirovaning qizi, qoʻshiqchi.
- Jiyani — Javohir Zokirov, Gavhar Zokirovaning oʻgli, aktyor, qoʻshiqchi.
Filmografiyasi[tahrir]
Aktyor[tahrir]
Yil | Film | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
1978 | Toʻylar muborak (film) | Oʻzi | Kameo |
1980 | Какие наши годы! | Oʻzi | Kameo |
1989 | Tangalik bolalar | Oʻzi | Kameo |
2000 | Alpomish | ||
2003 | Taqdir | Davlat Zokirov | |
Munis onam | Oʻzi | Kameo | |
200... | Maysara — super yulduz (Майсара — Супер Звезда) | myuzikl |
Mukofotlari[tahrir]
1991-yilning yozida SSSR Xalq artisti mukofotiga hujjat topshiradi, lekin shu yilning avgust oyida Moskvadagi qayta qurishga nisbatan uyushtirilgan noroziliklar tufayli bu mukofot Farruh Zokirovga berilishi ohirigacha koʻrib chiqilmagan. Shuningdek:
- Oʻzbekiston SSR Xalq artisti.
- Qoraqalpogʻiston Xalq artisti.
- Qozogʻiston Xalq artisti.
- Qirgʻiziston Xalq artisti.
- Tojikiston Xalq artisti.
- Ingushetiya Xalq artisti.
- Turkmaniston Xalq artisti.
- Rossiya Federatsiyasi Xalq artisti.mukofotlariga sazovor bo'lgan.
- 2017-yil 22-noyabrda Qirg`izistonning "Do'stlik" ordeni berildi[3]
Havolalar[tahrir]
- Farux Zakirov: „Yalla“ — eto sostoyanie dushi" (intervyu)
- Volshebnaya lampa YaLLAdina (intervyu)
- Intervyu gazete „Trud“, № 179 ot 05.10.2002
![]() |
Vikiomborda Farrux Zokirov haqida turkum mavjud |
Manbalar[tahrir]
- ↑ Kalendar Kazinforma
- ↑ 2,0 2,1 Muzikalnoe obozrenie, archived from the original on 2015-12-08, https://web.archive.org/web/20151208143002/http://leonidzl.com/forum/viewtopic.php?f=8&t=3292, qaraldi: 2016-01-07
- ↑ http://m.kun.uz/news/2017/11/22/farru-zokirov-kirgiziston-prezidenti-tomondan-takdirlandi
![]() |
- Pages using duplicate arguments in template calls
- Pages containing cite templates with deprecated parameters
- 16-aprelda tugʻilganlar
- 1946-yilda tugʻilganlar
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Shuhrat medali sohiblari
- Kishilar
- Musiqachilar
- Musiqachilar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekiston xalq artistlari