Xayrulla Saʼdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Xayrulla Saʼdiyev
Tugʻilishi 6-dekabr 1940-yil (1940-12-06) (79 yosh)
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Xayrulla Habibovich Saʼdiyev - (Toshkent) — Oʻzbekiston rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963). 1963—86 yillarda Yosh tomoshabinlar teatrida, 1986 yildan Satira teatrida aktyor. S, asosan, komik aktyor boʻlib, dramatik, harakterli rollarni ham meʼyoriga yetkazib ijro etishi, oʻtkir satirik va lirik portretlar ustasi sifatida ajralib turadi. Maneko ("Polizdagi voqea") uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Keyinchalik Xlestakov ("Revizor"), Dartanʼyan ("Uch mushketyor"), Konfetvoy ("Suqatoy Konfetvoy"), Ali ("Ali va Vali"), Mushuk ("Etik kiygan mushuk"), Mishka Dadone ("Toshkent — non shaxri"), Shum bola ("Shum bola"), Afandi ("Afandining yoshligi"), Yusuf ("Tobutdan tovush") kabi rollarni ijro etib shuxrat qozondi. Kino ("Akmalning sarguzashtlari"da ertakchi chol; "Shiddat"da Mamat; "Xorazm afsonasi"da masharaboz; "Toʻylar muborak"da kuyovning doʻsti; "Arslonning sarguzashtlari"da Qoʻrqinch; "Xumcha"da choyxonachi; "Margʻiyona"da masharaboz; "Alpomish"da Toychaxon; "Meshpolvon"da Rayhon qiziq va boshqalar), televizion spektakl va filmlarda (Shum bola, "Shum bola"; Anvar, "Izlayman"; Sobir, "Uchrashuv", Jalil, "Shaytanat" kabi) ham suratga tushgan. Maxsus teatrlashgan dasturlarda Afandi, asabiy odam, lektor kabi obrazlar yaratgan. S, shuningdek, televizion miniatyuralar teatrining doimiy qatnashchisi.[1]

Filmografiya[tahrir]

  • 1969 — Возвращайся с солнцем — Jingalak
  • 1971 — Shiddat — Mamat
  • 1972 — Возраст тревог — qahvaxonadagi yigit
  • 1970 — Semurgʻ — Navoi
  • 1973 — Chinor — Anvar, Said
  • 1975 — Как Хашим был большим — Hoshim
  • 1976 — Koʻrinmaslar
  • 1978 — Xorazm afsonasi — masharaboz
  • 1978 — Toʻylar muborak (film) — kuyovning doʻsti
  • 1981 — Akmalning sarguzashtlari — ertakchi chol
  • 1984 — Новые приключения Акмаля — волшебный садовник
  • 1988 — Arslonning sarguzashtlari — Qoʻrqinch
  • 1990 — Xumcha — choyxonachi
  • 1996 — Margʻiyona — masharaboz
  • 1998-2003 — Shaytanat — Jalil
  • 1999-2000 — Alpomish — Toychaxon
  • 2004 — Близнецы — Muxtor
  • 2006 — Suiqasd
  • 2006 — Osmon yaqin
  • 2007 — Yoʻqolgan odam
  • 2007 — Shima — Yapon kapitani
  • 2007 — Oʻtov — uchastkoviy
  • 2008 — Iblis devori
  • 2008 — Jannat qaydadir?
  • 2009 — Arosat
  • 2010 — 24 soat — doktor
  • 2011 — Uchar otlar — Ibn Al Jabbor
  • 2011 — Qoʻrgʻoshin — Abdurahmon
  • 2011 — Hayot jilgʻalari — Toshkenboy aka
  • 2012 — Qovun
  • 2012 — Xazina
  • 2014 — Gumrohlar
  • 2016 — Xazonrezgi

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil