Obid Yunusov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Obid Yunusov (1934.20.11, Toshkent — 2015.21.9) — aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1990). Yunus Rajabiyning oʻgʻli. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1956). 1956—98 ylar Hamza teatri (hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri)da ishladi. Erkin ("Aytsam tilim, aytmasam dilim"), Qayum ("Yurak yonmogʻi kerak"), Xolmat ("Boy ila xizmatchi"), Abbos ("Mirzo Ulutbek"), Maʼmur ("Kelinlar qoʻzgʻoloni"), Kirill qon"), Sino ("Abu Ali ibn Sino"), Oʻtkuriy ("Parvona") kabi obrazlari bilan teatr sahnasidan mustahkam oʻrin oldi. U bir qancha filmlar ("Armon", "Toʻylar muborak", "Chinor ostidagi duel", "Chayon gul", "Shaytanat", "Sharpa" va boshqalar)da ham suratga tushgan. U serqirra, murakkab va ayni chokda yaxlit harakter yaratuvchi aktyor boʻlib, uning qahramonlari jasoratli, ulugvor, harakat bilan nutqining rang-barangligi, musiqiy va sermaʼnoligi bilan ajralib turadi. Dublyaj sanʼatining mohir ustasi sifatida 1000 ga yaqin bosh rollar ("Kirol Lir"da Lirga, "Sangam"da Sundurga va boshqalar)ga ovoz bergan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989), "Mehnat shuhrati" ordeni bilan takdirlangan (2003).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. Rajabiy, Hasan. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil