Gavhar Zokirova
- Vikipediyada ismi Gavhar va familiyasi Zokirova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Gavhar Zokirova | |
|---|---|
| Tavalludi |
Zokirova Gavhar Akmalovna 1949-yil 10-sentyabr |
| Fuqaroligi | Oʻzbek |
| Kasbi | Aktrisa |
| Filmlari |
|
| Janr | Drama |
| Amplua | Drama, Jiddiy Komediya |
| Faoliyat yillari | 1971- hozirgi vaqtgacha |
| Yoʻnalish | Dramatik Teatr Aktyorligi |
| Turmush oʻrtogʻi | Jamshid Zokirov |
| Bolalari | Javohir Zokirov Oxista Zokirova |
| Qarindoshlari | Abdulla Avloniy |
| Mukofotlari |
|

Gavhar Zokirova (1949-yil 10-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – Sovet va oʻzbek teatr - kino aktrisasi. Dublaj ustasi. Botir Zokirov nomidagi Milliy Estrada Instituti Professori. Oʻzbekiston xalq artisti(2016)[1]. Abdulla Avloniyning evarasi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gavhar Zokirova 1949-yilda Toshkent viloyatining Toʻytepa tumanida tugʻilgan. Gavhar Zokirovaning otasi harbiylik kasbida faoliyat yuritgan boʻlsa, onasi shu vaqtning oʻzidan injinerlik sohasida faoliyat olib borgan. Gavhar Zokirova oilada bir nafar oʻgʻildan keyingi qiz farzand hisoblanadi. Oʻrta maktabni tugatgach,Toshkentdagi Politexnika institutiga oʻqishga kiradi, lekin Gavhar Zokirovaning sanʼatga boʻlgan qiziqishi oʻqishni Toshkent davlat teatr va rassomlik institutida davom ettirishga undaydi[2]. Bu Oliygohni 1971-yilda tugatgan[3][4].
Gavhar Zokirova 1971-yildan hozirgacha Hamza teatri(Hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri) aktrisasi. Teatr sahnasida ijro etgan birinchi roli "Parvoz" spektaklidagi Sanam obrazidir. Teatr sahnasida 100dan ortiq spektaklda yetuk obrazlar yaratgan.
Eng yaxshi rollari:
- Gulsanam (" Abu Rayhon Beruniy"),
- Amaliya („Qaroqchilar“),
- Agafya („Uylanish“),
- Liza („Tirik Murda“),
- Jamila, Gulbahor („Boy ila xizmatchi“),
- Bianka, Dezdemona („Otello“),
- Ayol („Taqdir eshigi“),
- Gulnor („Qutlugʻ qon“),
- Teadora (ʼʼFata Morganaʼʼ),
- Dilorom("Oltin Devor"),
- Mehri ("Kelinlar Qoʻzgʻoloni"),
- Kumush (ʼʼAbdulla Qodiriyning Oʻtkan Kunlariʼʼ),
- Bibixonim („Sohibqiron Temur“),
- Farishta („Shayton va farishta“)
- Gulsara (ʼʼNajot Istabʼʼ),
- Laura ("Armon"),
- Umida (ʼʼTanho Yulduzʼʼ)
- Zahro ("Oʻzgalar Dardiʼʼ) va b.
Kinoda Nigora („Toʻylar muborak“), Guli („Yulduzingni ber osmon!“); videofilmlarda Vazira („Olmos kamar“), Hamshira („Abadiyat qonuni“), Guliraʼno („Domla“), Nasiba („Shaytanat“) kabi obrazlar yaratgan.
Zokirova ʼʼQutlugʻ qonʼʼ spektaklidagi Gulnor obrazi uchun Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan (1989)[5][6].
Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasiga koʻra, Gavhar Zokirova dramatik teatr aktyorligi yoʻnalishi boʻyicha Sora Eshontoʻrayeva va Yayra Abdullayeva dan keyingi barcha davrlar oʻzbek Teatrining eng yaxshi aktrisasi deb e'tirof etilgan[7].
Oila
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gavhar Zokirova boʻlajak turmush oʻrtogʻi mahoratli aktyor Jamshid Zokirov bilan birga sanʼat institutida birga tahsil olishgan. 1971-yilda aktyor Jamshid Zokirov bilan oila qurishadi. Bu juftlikdan bir nafar oʻgʻil: mahoratli aktyor va rejjisor Javohir Zokirov va saʼnatshunos Ohista Zokirova dunyoga kelgan. Ammo oilaning baxtiga 2012-yilda putur yetdi: Jamshid Zokirov uzoq vaqt saraton bilan kurashdan soʻng 63 yoshida hayotdan koʻz yumdi.
Ajdodlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gavhar Zokirovaning ona tomonidan bobosi Abdulla Avloniydir.
Filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Nomi | Rol |
|---|---|---|
| 1978 | "Toʻylar muborak" | Nigora |
| 1986 | "Olmos kamar" | |
| 1986 | "Bolalik bekatidagi poyezd" | Dorixonachi |
| 1988 | "Tepalik" | |
| 1990 | "Tangalik bolalar" | Teatr aktrisasi |
| 1991 | "Temir erkak" | Gavhar |
| 1991 | "Jungli qonuni boʻyicha" | Hamshira |
| 2004 | "Sarvinoz" | Ofat opa |
| 2004 | "Sevinch" | Doniyorning onasi |
| 2005 | "Sarvinoz 2: (Baxt uchun million) | Ofat opa |
| 2012-2014 | "A u nas vo dvore…" | Movludaning onasi |
| 2015 | "Mehmonxona" | Mavjuda |
| 2017 | "Kulba" |
Bundan tashqari, Gavhar Zokirova atoqli yozuvchi Tohir Malik qalamiga mansub „Shaytanat“ asari asosoida film suratga olinganda turmush oʻrtogʻi Jamshid Zokirov bilan juftlik hosil qilib, rol ijro etishgan.
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artisti 1988-yil
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR davlat mukofoti 1989-yil
- Oʻzbekiston xalq artisti 2016-yil
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni 2019-yil
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni 2021-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.bbc.com/uzbek/lotin/2013/10/131011_latin_talking_point_gavhar_zokirova
- ↑ https://www.kino-teatr.ru/kino/acter/246516/
- ↑ https://www.savol-javob.com/ru/%D1%81%D0%B5%D0%BC%D1%8C%D1%8F-%D1%84%D0%BE%D1%82%D0%BE-%D0%B2-instagram-%D0%BE-gavhar-zokirova/[sayt ishlamaydi]
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2022-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
- ↑ https://upl.uz/misli/7727-news.html
- ↑ https://darakchi.uz/oz/132696
- ↑ https://uz.sputniknews.ru/20171231/Gavhar-zakirova-pozdravila-vseh-s-prazdnikom-7193392.html
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri[sayt ishlamaydi]
- 10-sentyabrda tugʻilganlar
- 1949-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artistlar
- Oʻzbekiston xalq artistlari
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik aktrisalar
- Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari