Kontent qismiga oʻtish

Xayrulla Lutfullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xayrulla Lutfullayev (1945.25.10, Toshkent shahri) – xonanda va sozanda (qashqar rubobi, tor), Oʻzbekiston (1987) va Qoraqalpogʻiston (1993) xalq artisti. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1974). „Bahor“ ansambli yakkaxon xonandasi (1974—2003), Toshkent madaniyat instituti dotsenti (2003-yildan). L. lirik xonanda, mayin va shirali ovoz sohibi. Repertuaridan qoʻshiq va yallalar („Men sevaman, sen sevasanmu“, „Dilxiroj“, „Tola soch“ va boshqalar), oʻzbek ashula va maqom yoʻllari („Bayot I—V“, „Girya I—II“, „Fargʻona tanavori“ va boshqalar), oʻzbek bastakorlari asarlari („Beboqcha“, „Samarqand ushshogʻi“ va boshqalar) oʻrin olgan. „Kelibdiyu-ketibdi“, „Ishonaman oʻzingga“, „Goʻzal jonon senmasmu“ kabi qoʻshiqlarning kuylarini oʻzi bastalagan. Xorijiy mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. L. ning oʻgʻli Nodir Lutfullayev – za-monaviy estrada qoʻshiqchisi, repertuaridan zamonaviy estrada qoʻshiqlari, oʻzbek xalq qoʻshiqlari va mumtoz ashulalar oʻrin olgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil