Toʻdakoʻl suv ombori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To`dako`l suv omboridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Toʻdakoʻl suv ombori (dam olish zonasi)

Toʻdakoʻl suv omboriNavoiy viloyatidagi suv ombori. Buxoro shahridan 26 km sharqdagi tabiiy soylikda, Quyimozor suv omborining janubi-gʻarbida barpo etilgan. 1968 yilda ishga tushirilgan.

1977 yilda rekonstruksiya qilingan. Toʻliq hajmi 800 mln. m³. Suv yuzasining maydoni 17,5 km², oʻrtacha chuq. 4,8 m. Toʻgʻoni balandligi 4 m, maksimal suv chiqarish imkoniyati 46,0 m³/sek. Oʻrtachoʻl kanali orqali Zarafshon daryosining ortiqcha suvlarini jamgʻaradi, AmuBuxoro mashina kanali orqali Amudaryodan toʻldiriladi. Kanalning etak qismidagi yerlarni qoʻshimcha suv bilan taʼminlaydi. Tutashtiruvchi kanal orqali Quyimozor suv omboriga suv beradi. Toʻdakoʻl suv omborio. suvi qisman minerallashgan. Toʻdakoʻl suv omborio.da baliqchilik xoʻjaligi bor.