Tuzkon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tuzkon
40°36′0″N 67°29′0″E / 40.60000°N 67.48333°E / 40.60000; 67.48333 G OKoordinatalari: 40°36′0″N 67°29′0″E / 40.60000°N 67.48333°E / 40.60000; 67.48333 G O
STS51F-43-26.jpg
MamlakatOʻzbekiston Oʻzbekiston
Dengiz sathidan balandlik237 m
Yuzasi705 km²

TuzkonJizzax viloyatidagi koʻl. Jizzax shahridan 56 km shimoli-gʻarbda. Nurota tizmasining tarmogʻi — Pistali togʻdan sharqroqda. Koʻl suv va shamol taʼsirida paydo boʻlgan; shimoliy va shimoli-gʻarb tomonga bir oz choʻziq. 1969-yil iyul oyida Arnasoy suvi sathining koʻtarilishi natijasida T. tor boʻgʻoz orqali Aydar koʻli bilan qoʻshilib, uning maydoni 400 km²ga yetgan. Koʻlga Qili daryosi va Oqbuloq kollektori quyiladi; suv oqib chikmaydi. Maydoni 705 km². Eng chuqur joyi 20 m. Qirgʻoklari, asosan, tekis. Gʻarbiy va sharqiy sohillarida tepaliklar uchraydi. Janubiy va janubi-sharqiy sohillari botqoqlik va qamishzor.

Koʻl suvining temperaturasi yil davomida oʻzgarib turadi. Oʻrtacha temperatura yanvarda 0,2°, aprelda 13,2°, iyulda 27,5°, oktabrda esa 16,4°. Suvi kuchli minerallashgan: shimoliy qismining suvi tarkibida 4,0 g/l, janubiy qismida 4,9 g/l tuz bor. Baliqchilik rivojlanmoqda.