Amu-Buxoro mashina kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Amu-Buxoro mashina kanaliBuxoro viloyatidagi sug‘orish kanali. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idan, Chorjo‘y sh. (Turkmaniston)dan 12 km yuqorida boshlanadi. Qizilqumdan o‘tib Buxoro vohasiga suv beradi. 1-navbati 1965 yilda, 2-navbati 1976 yilda qurilgan. Umumiy uz. 400 km. Suvni maksimal ko‘tarish balandligi 111m, maksimal suv o‘tkazish imkoniyati 270 m³/s Amu-Buxoro mashina kanali k.ning 1-navbati ishga tushirilgach, Buxoro viloyatida boshqa manbalardan sug‘orib kelingan 136,5 ming ga yerni Amudaryo suvi bilan sug‘orish mumkin bo‘ldi, Amudaryo havzasidagi 377 ming ga yerning suv bilan ta’minlanishini yaxshilash, 23,8 ming ga yangi yerlarni sugorish imkoni tugildi. Magistral kanalda 65 gidrotexnika inshooti, 11 nasos stansiyasi (jumladan suvni 54 m balandlikka ko‘tarib beradigan, har birining quvvati 12,5 ming kVt bo‘lgan 10 nasos agregatli Hamza-2 nasos stansiyasi) bor. Amu-Buxoro mashina kanali k.ning nasos stansiyalari, ularning umumiy joylanishi, ayrim nasos agregatlarning quv-vati, shuningdek nasoslarning avtomatika va telemexanika vositalari bilan jihozlanishi jihatidan mamlakat irrigatsiya tajribasida noyob hisoblanadi. Birinchi mar-446ta Buxoro viloyatida nasos stansiyasining old kamerasida belgilangan suv sathini doimo bir xilda saqlab turadigan avtomatik tamba (zatvor) qo‘llanildi. 152-kmda uch yo‘nalishda suv taqsimlagich qurildi: chapda – Amu-Buxoro mashina kanali k.ning 1-navbati uchun (suv sarfi 60,3 m³/s), o‘ngda – Amu-Buxoro mashina kanali k.ning 2-navbati uchun (suv sarfi 95,8 m³/s) va o‘rtada rostlagich -To‘dako‘l sho‘rini yuvish hamda kelajakda uni to‘ldirish uchun suv beradi. Amu-Buxoro mashina kanali k.ning 2-navbati tugaydigan 191-kmda Qiziltepa nasos stansiyasi qurildi. U Amu-Buxoro mashina kanali k.ning 2-navbatidan Zarafshon daryosiga suv uzatadigan ikkinchi pogona hisoblanadi. Qiziltepa nasos stansiyasining yuqori befida suv sathini ta’minlash uchun To‘dako‘l botig‘iga suv tashlaydigan inshoot qurilgan. Amu-Buxoro mashina kanali k. 2-navbatining ishga tushirilishi 15,5 ming ga yangi yerlarni o‘zlashtirish, Amudaryo suvi bilan Buxoro, Samarqand, Navoiy viloyatlaridagi 77 ming ga sug‘oriladigan yerlarning suv ta’mino-tini yaxshilash imkonini yaratdi.Sharif Hamdamov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil