Oqqushlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oqqushlar ta bola tugʻadi.

Oqqushlar (Cygnus), oqquvlar — gʻozlar oilasiga mansub yirik qushlar. Boʻyni tana uzunligiga teng. Patlari koʻpincha oq rangda. Oʻzbekistonda 3 turi uchraydi. Vishildoq O. — tumshugʻidagi qora gʻurrasi bilan boshqa turlardan ajralib turadi. Gavdasining uz. 180 sm, vazni 13 kg. Gʻarbiy Yevropadan Tinch okeanigacha boʻlgan hududlarda uya quradi. Baqiroq O. gavdasining uz. 160 sm gacha, vazni 12 kg gacha. Atlantika okeanidan Tinch okeangacha boʻlgan hududlarda tarqalgan. Kichik O. — gavdasining uz. 120 sm gacha, vazni 7 kg gacha; asosan, tundrada yashaydi; chuchuk suvli koʻl, baʼzan dengiz qirgʻoklaridagi qamishzorlarga uya quradi. Kichik O.ning urgʻochisi 5—12 ta tuxum qoʻyib, 35—40 kun bosadi. Nari ham uya qurishda va bolalarini boqishda qatnashadi. O. juda yaxshi suzadi va uchadi; oʻsimliklar, mayda suv jonivorlari bilan oziklanadi. Ular chiroyli boʻlganligi uchun hayvonot bogʻlarida boqiladi. Tutqinlikda koʻpayadi. Vishildoq va baqiroq O.lar Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil