Kontent qismiga oʻtish

The Turks of Central Asia in History and at the Present Day

Vikipediya, erkin ensiklopediya
The Turks of Central Asia in History and at the Present Day
Fayl:The Turks of Central Asia.jpg
Muallif(lar) Marie Czaplicka
Til inglizcha
Janr(lar)i tarix
antropologiya
Nashriyot Clarendon Press (1918)
Curzon Press (1973)
Curzon Press (1999)
Elibron (2005)
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1918
1973
1999
2005
Sahifalar soni 242 (1973)
242 (1999)
ISBN ISBN 1-4021-6332-0 (2005) (yumshoq jild)
ISBN 1-4021-2790-1 (2005) (qattiq jild)

„The Turks of Central Asia in History and at the Present Day“ („Markaziy Osiyo turklari oʻtmishda va hozirgi kunda“), toʻliq nomi „The Turks of Central Asia in History and at the Present Day: An Ethnological Inquiry into the Pan-Turanian Problem, and Bibliographical Material relating to the Early Turks and the Present Turks of Central Asia“ („Markaziy Osiyo turklari oʻtmishda va hozirgi kunda: Pan-Turon muammosi boʻyicha etnologik surishtiruv va Markaziy Osiyodagi dastlabki turklar va hozirgi turklarga tegishli bibliografik material“) — polyak antropolog Marie Czaplicka qalamiga mansub kitob. Unda Markaziy Osiyo va Sibirda yashovchi turkiy xalqlar tarixi va XX asr boshidagi hayoti haqida soʻz yuritiladi. Asarning teng yarmi mukammal bilbliografiyadan iborat.

Kitob ilk bor 1918-yil Oxford shahrida Clarendon Press nashriyotida chop etilgan. 1973-yil Curzon Press nashriyoti qayta nashr qilgan. Kitob, shuningdek, 1999-yil ayni nashriyotda muallifning toʻrt jildi asarlari toʻplamining uchinchisi oʻlaroq chop etilgan. 2005-yil Elibron nashriyotida 1918-yilgi nashr faksimilesi chop etilgan. Czaplicka kitobni britan etnografi Robert Marettga bagʻishlagan.

„The Turks of Central Asia in History and at the Present Day“ kitobi nashr etilishi ortidan „yarim siyosiy leksiya“ va pala-partish yozilgan asar oʻlaroq tanqid qilingan.[1] Ammo kitobda mavzuga doir yangi maʼlumotlar keltirilgani olqishlangan.[2] Shuningdek, tanqidchilar kitob oʻta qisqa ekanligini aytib, mintaqani chuqur oʻrgangan muallif ushbu mavzuda mukammalroq asar yozishiga umid izhor qilishgan.

  1. Beveridge, Henry (1919-aprel). „The Turks of Central Asia by M. A. Czaplicka“. The Journal of the Royal Asiatic Society of Great Britain and Ireland (inglizcha). 266–268-bet. ISSN 0035-869X. Qaraldi: 9.12.2020. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |accessdate= va |date= (yordam)
  2. B., J. F. (1919). „Review of The Turks of Central Asia: In History and at the Present Day“. The Geographical Journal (inglizcha). 53-jild, № 6. 421–423-bet. doi:10.2307/1780419. ISSN 0016-7398. Qaraldi: 9.12.2020. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |accessdate= (yordam)