Suvilonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suvilonlar (Colubridae) — ilonlar oilasi. Uz. 10 sm dan 3,5 m gacha. Tashqi koʻrinishi va rangi har xil. ‘ Tishi koʻp, jagʻ tishi qanotsimon va tanglay suyaklarida oʻrnashgan. Ayrim turlarida yuqori jagʻdagi orqa tishlar zahar bezlari bilan bogʻlangan. 1600 ga yaqin turi maʼlum. Antarktidadan boshqa barcha qitʼalarda uchraydi. Oʻzbekistonda 6 uru/ga mansub 10 turi tarqalgan. Yerda, daraxtda, suvda, suv boʻyida, alohida inda yashaydi. Umurtqasizlar va mayda umurtqali hayvonlar bilan oziklanadi. Koʻpchiligi tuxum qoʻyadi; ayrim turlari tirik tugʻadi. Oʻq ilon va boyga zaharli. Oʻzbekistonda suvilon, rangdor chiporilon va guldor chiporilon keng tarqalgan. Suvilon baliqchilik xoʻjaliklariga qisman ziyon keltiradi. S.ning 10 turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.