Zahar bezlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zahar bezlari — hayvonlarda zahar ishlab chiqaruvchi maxsus bezlar. 3. b. koʻpincha jarohat yetkazuvchi organ bilan bogʻlangan. Kiprikli chuvalchanglar 3. b. koʻp hujayrali (Acoela, Polycladida), noksimon. Nemertinlarda zaharli moddani hartumning orqa qismidagi epiteliy toʻqima bezi ajratadi. Z.b. himoya vazifasini bajaradi. Shilliq qurtlar (Jenebra, Conus) 3. b. tishlarida boʻlib, ingichka nay orqali tashqariga ochiladi. Sakkizoyoqning oxirgi juft soʻlak bezlari zaharli modda ajratadi. Boʻgʻimoyoqlilarda 3. b. koʻp hujayrali, juft boʻladi. Bezlarning teshigi chayonlarda dum qismining nayzasiga, oʻrgimchaklarda xelitserasiga, laboyoqlilarda oyoq jagʻlariga, hasharotlarda dumidagi oʻsimtalariga ochiladi.

Umurtqali hayvonlardan yumaloqogʻizlilar, baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar va kloakalilarda 3. b. boʻladi. 3. b. dengiz ilonbaligʻining terisida, murenlarning tanglayida, chayonbaliq va dengiz kaltakesaklarining suzgichlarida joylashgan. Salamandr, triton, kaltakesakda 3. b. terisining turli qismlarida, qurbaqa va koʻl baqalarida esa tananing yonbosh, boʻyin va orqa qismida joylashgan. Ular bezovta boʻlganida teri ustiga suyuq zahar ajratadi. Zahartishli ilon va kaltakesaklarning 3. 6. soʻlak bezlari asosida boʻladi. Hayvon chiqqanida zahar tishlar yordamida oʻlja tanasiga yuboriladi. Zaharli ilonlarning zahar tishlari ogʻiz ochilganda ogʻizning oldingi qismiga qaratiladi. Kloakali sut emizuvchilar (oʻrdakburun, yexidnalar) erkaklarining 3. b. orqa oyoklariga joylashgan. Umurtqali hayvonlarda 3. b. evolyusion taraqqiyotning birinchi davrlarida vujudga kelib, dastlab suvda va quruqlikda yashovchilar hamda baliqlarda mavjud boʻlgan.

Norqoʻzi Ergashev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil