Sun Xiang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Sun Xiang
孙祥
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sun Xiang
Tavallud sanasi 15-yanvar 1982-yil (1982-01-15) (42 yosh)
Tavallud joyi Shanghai, Xitoy
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995—2001 Shanghai 02
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2010 Shanghai Shenhua 136 (13)
2007PSV Eindhoven (Ijara) 5 (0)
2008—2009Austria Wien (Ijara) 19 (2)
2010—2014 Guangzhou Evergrande 110 (3)
2015—2016 Shanghai SIPG 51 (0)
Milliy terma jamoa
2000—2001 Xitoy U-20
2002—2003 Xitoy U-23
2002—2013 Xitoy 69 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sun Xiang (talaffuzi: San Syan) (1982-yil 15-yanvarda tugʻilgan) — xitoylik sobiq professional futbolchi, chap qanot himoyachisi. U oʻz mamlakatida „Shanghai Shenhua“, „Guangzhou Evergrand“, „Shanghai SIPG“ klublarida toʻp surgan va Gollandiyaning PSV Eindhoven hamda Avstriyaning „Austria Wien“ klublarida ijara asosida oʻynagan. Xalqaro miqyosda u Xitoy terma jamoasi safida 69 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shanghai Shenhua[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sun Xiang futbolchilik faoliyatini „Shanghai 02“da boshlangan. Keyin u 2002-yilgi mavsumda akasi Sun Ji bilan birga klubning asosiy jamoasiga koʻtarilgan va u yerda ikkalasi ham tezda jamoada oʻzini namoyon qilishgan. 2003-yilgi mavsumda u klubning birinchi raqamli chap qanot himoyachisiga aylangan va klub bilan chempionlikni qoʻlga kiritgan[1]. 2013-yilda Xitoy futbol assotsiatsiyasi Shenhua bosh direktori Lou Shifang oʻsha mavsumdagi oʻyinlarda Shenhua gʻolib boʻlishi uchun amaldorlarga pora bergani aniqlangach, liga chempionligini bekor qilgan[2][3].

PSV Eindhoven[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sun, Sun Ji bilan birga, chet elda bir nechta klublarning qiziqishlarini oʻziga tortgan va 2006-yilda Eredivisie jamoasi PSV Eindhoven jamoasida sinovlarda ishtirok etishgan. Keyin klub Sunni 2006—2007-yilgi mavsum uchun ijaraga olishga qaror qilgan. U klubdagi debyutini 2007-yilning 17-fevralida „Herakles Almelo“ga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan va Erediviziyada oʻynagan birinchi xitoylik futbolchiga aylangan. U 2007-yilning 20-fevralida „Arsenal“ ga qarshi oʻyinda (1:0) Yevropa qitʼasidagi debyutini oʻtkazgan va UEFA Chempionlar Ligasida oʻynagan birinchi xitoylik futbolchiga aylangan. Ijara muddati tugagandan soʻng, Sunning klubda qolish haqidagi murojaatiga qaramay, unga klub bilan uzoq muddatli shartnoma taklif qilinmagan[4].

Austria Wien[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilning 1-iyulida Sun Avstriyaning Bundesliga jamoasi Austria Wien jamoasiga ijaraga berilgan. Shu tariqa Sun Avstriya Bundesligasida oʻynagan birinchi xitoylik futbolchiga aylangan[5]. U 2008-yilning 9-iyulida Avstriyaning Karnten jamoasiga qarshi 1:1 hisobidagi durang oʻyinda debyut qilgan[6]. 2009-yilning 7-martida LASK Lintsga qarshi oʻyinda 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, klub uchun birinchi liga golini kiritgan[7]. Uning ijara muddati tugagach, u Shanghaiga qaytib kelgan va u yerda 2009-yilgi mavsumning qolgan qismini oʻtkazgan.

Guangzhou Evergrand[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil 28-aprelda Sun A-Liga jamoasi Sidney FCga qoʻshilishdan voz kechgan va uning oʻrniga ikkinchi divizion vakli Guangzhou Evergrand jamoasiga oʻtganini eʼlon qilgan[8]. U Zhen Zhi bilan birga klubdagi debyutini 2010-yil 21-iyulda Nankin Yoyoga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U klubdagi ilk golini 2010-yil 18-sentyabrda Yanbian FKga qarshi oʻyinda (2:1) kiritgan. 2010-yilgi mavsumda u oʻn toʻrtta oʻyin oʻtkazgan, Guangzhou ikkinchi divizionda birinchi oʻrinni egallagan va birinchi urinishdayoq yuqori ligaga koʻtarilgan. Keyingi mavsumda Sun jamoani yaxshilashga katta mablagʻ sarflagan klubning asosiy qismi boʻlishda davom etgan va klub ikki karra Campeonato Brasileiro A Seriyasining Yilning eng yaxshi oʻyinchisi Dario Konkani olib kelganligi sababli, klub 2011-yilgi mavsumda oʻzining birinchi oliy liga chempionligini qoʻlga kiritgan.

Shanghai SIPG[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning 5-yanvarida Sun Xitoy Superligasi vakili „Shanghai SIPG“ga oʻtgan[9]. U klubdagi debyutini 2015-yilning 7-martida Jiangsu Saintyga qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazgan. 2016-yilning 17-iyulida „Shanghai Shenhua“ga qarshi oʻyinda Sun tasodifan Demba Ba bilan toʻqnashib ketgan va Demba Baning chap oyogʻi singan[10]. 2016-yil dekabr oyida Sunga juda agressiv B hujayrali limfoma tashxisi qoʻyilgani maʼlum boʻlgan[11]. 2017-yilning 6-fevralida Shanghai SIPG Sunning „jismoniy muammolar“ tufayli klubni tark etganini eʼlon qilgan[12].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Shanghai 02 2000 Xitoy Ikkinchi Ligasi - - - -
2001 - - - -
Jami
Shanghai Shenhua 2002 Xitoy Jia-A Ligasi 25 2 1 0 - 3 0 2 0 31 2
2003 25 2 4 0 - - - 29 2
2004 Xitoy Super Ligasi 20 0 4 0 - 3 0 3 0 30 0
2005 22 3 2 0 - - - 24 3
2006 15 2 1 0 - 2 0 - 18 2
2007 14 2 - - - - 14 2
2008 4 0 - - - - 4 0
2009 11 2 - - - - 11 2
2010 0 0 - - - - 0 0
Jami 136 13 12 0 0 0 8 0 5 0 161 13
PSV Eindhoven (Ijara) 2006—2007 Eredivisie 5 0 0 0 - 4 0 - 9 0
Austria Wien (Ijara) 2008—2009 Avstriya Bundesliga 19 2 4 1 - 4 0 - 27 3
Guangzhou Evergrande 2010 Xitoy Birinchi Ligasi 14 1 - - - - 14 1
2011 Xitoy Super Ligasi 25 1 - - - - 25 1
2012 25 0 2 0 - 8 0 1 0 36 0
2013 23 1 4 0 - 14 0 4 0 45 1
2014 23 0 0 0 - 10 0 0 0 33 0
Jami 110 3 6 0 0 0 32 0 5 0 153 3
Shanghai SIPG 2015 Xitoy Super Ligasi 25 0 1 0 - - - 26 0
2016 26 0 1 0 - 7 0 - 34 0
Jami 51 0 2 0 0 0 7 0 0 0 60 0
Karyerada jami 321 18 24 1 0 0 55 0 10 0 410 19

Xalqaro maydondagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sun Xiang tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 19.06.2005 Xelong stadioni, Changsha, Xitoy  Kosta Rika 2-2 2-2 Oʻrtoqlik
2 31.07.2005 Daejon Jahon kubogi stadioni, Daejon, Janubiy Koreya  Janubiy Koreya 1-0 1-1 2005-yil Sharqiy Osiyo futbol chempionati
3 11.10.2006 Qirol Abdulla stadioni, Amman, Iordaniya  Falastin 2-0 2-0 2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi
4 22.06.2008 Stadium Avstraliya, Sidney, Avstraliya  Avstraliya 1-0 1-0 2010 FIFA Jahon chempionati saralashi
5 6.10.2011 Yangi Shenzhen stadioni, Shenzhen, Xitoy  Birlashgan Arab Amirliklari 1-0 2-1 Oʻrtoqlik

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shanghai Shenhua

  • Xitoy FA Superkubogi : 2002-yil

PSV Eindhoven

  • Eredivizion : 2006—2007

Avstriya Wien

  • Avstriya kubogi : 2008—2009

Guangzhou Evergrand

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoy

  • Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2005, 2010

Shaxsiy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „China 2003“. rsssf.com (18-aprel 2004-yil). Qaraldi: 21-avgust 2012-yil.
  2. „Details of soccer referee investigation released to public“. China Daily (31-mart 2011-yil). Qaraldi: 30-sentabr 2016-yil.
  3. „China Strips Shenhua of 2003 League Title, Bans 33 People for Life“. english.cri.cn (18-fevral 2013-yil). 2013-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr 2016-yil.
  4. „Dutch courage not enough for Sun Xiang“. shanghaiist.com. Qaraldi: 21-avgust 2012-yil.
  5. „Sun Xiang darf gegen Kärnten auflaufen: Arbeitsbewilligung & Freigabe eingetroffen“. news.at (9-iyul 2008-yil). 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentabr 2022-yil.
  6. „AUSTRIA WIEN VS. AUSTRIA KÄRNTEN 1-1“. soccerway.com (9-iyul 2008-yil). Qaraldi: 30-sentabr 2016-yil.
  7. „AUSTRIA WIEN VS. LASK LINZ 4-0“. soccerway.com (7-mart 2009-yil). Qaraldi: 30-sentabr 2016-yil.
  8. „http://sports.sohu.com/20100428/n271811367.shtml“ (xitoycha). sports.sohu.com (2010-yil 28-aprel). Qaraldi: 21-avgust 2012-yil.
  9. „http://sports.sina.com.cn/j/2015-01-05/13267470566.shtml“ (xitoycha). sports.sina.com (2015-yil 5-yanvar). Qaraldi: 5-yanvar 2015-yil.
  10. Valente. „Demba Ba suffers horrific leg break while playing for Shanghai Shenhua“. Skysports.com (17-iyul 2016-yil). Qaraldi: 18-iyul 2016-yil.
  11. „医学专家:若所曝病历真为孙祥 那他生命有危险“. Netease (16-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 17-fevral 2017-yil.
  12. „王燊超或出任上港新队长 孙祥因身体原因暂离队“. Sohu (6-fevral 2017-yil). Qaraldi: 6-fevral 2017-yil.
  13. „中甲最新积分榜:恒大稳胜摘联赛桂冠 南京有有降级“. sports.sina.com.cn (3-aprel 2010-yil). Qaraldi: 6-avgust 2019-yil.
  14. „足协杯-张琳芃传射8024两球 恒大总分5-3贵州夺冠“. Sports.sina.com.cn (18-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 20-avgust 2019-yil.