Sulton Sanjar maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sulton sanjar maqbarasi - Marv (Turkmaniston)dagi meʼmoriy yodgorlik (12-asr 40y.lari). Meʼmori Muhammad ibn Otsiz as Saraxsiy. Sulton kalʼa markaziga joylashgan. Sulton Sanjar (1157 yilda vafot etgan) maqbarasi bizgacha haroba holda yetib kelgan. Maqbara murabba tarhli (tashqarisi 27×27 m, ichkarisi 17×17 m). Xona bal. 36 m (ichki gumbazgacha, tashki gumbaz saqlanmagan). Mahobatli toʻrtburchak devor (bal. 15 m, kalinligi 5 m) ustiga 8 qirrali poygumbaz (qalinligi 1,5 m) oʻrnatilgan. Poygumbaz 3 pogʻonali. 1pogʻonasi 4 tomondagi ravoklarga tayangan, 2pogʻonasidagi mayda ravoqchalar 6 qirrali, 3pogʻonasi ustiga gumbaz oʻrnatilgan. Maqbara ichki devorlarida oq, koʻk va qizil rangli boʻyoqlar saqlangan. Nozik islimiy naqshlar bilan bezatilgan devor tepasida yozuvlar, sharqiy gumbazga ishlangan ganchkor naqshlar zaminida meʼmor nomi qayd etilgan. Maqbaraga Saljuqiylar saroyi va masjid tutash boʻlgan. S.Sm.ga turli urushlar koʻp putur yetkazilganiga qaramay, oʻz mahobatini yoʻqotmagan. 1980 yilda qayta tiklangan.

Adabiyot[tahrir]

  • Vseobshaya istoriya arxitekturi, v 12 tomax, t. 8, M, 1969.