Spodumen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Spodumen (yun. spodumentos — kulga aylangan, spodos — kul) — zanjirli silikatlarning kichik sinfiga, piroksenlar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi LiAl[Si2O6]. Monoklin singoniyali; 1 — 10 sm, baʼzan 1 m va undan ortiq uzunlikdagi prizmatik kristallar hosil qiladi. Kulrang , sargʻish, yashil, pushti, baʼzan rangeiz boʻladi. Shishasimon yaltiraydi. Tiniq pushti va binafsha rangpushti tusdagilari k u n s i t, zumrad rangyashili giddenit deb ataladi. Qattiqligi 6,5—7; zichligi 3,1—3,2 g/sm³. S. boshqa piroksenlardan nur sindirish koʻrsatkichining kichikligi bilan farqlanadi. Granitli pegmatitlarda kvars, mikroklin, albit, berill, lepidolit, tantalit, baʼzan pollutsitlar bilan birga uchraydi. Tez oʻzgaruvchan boʻlib, evkripit agregatlariga (LiAlSiO4) yoki albit bilan seritsitga aylanadi. Nurash poʻstida gilli minerallar hosil qiladi. S. litiy rudalarining asosiy minerallaridir; kunsit bilan giddenit qimmatbaho toshlar hisoblanadi. Xorijda Madagaskar o., AQSH, Braziliya, Myanma va Afgʻonistonda maʼlum. Oʻzbekistonda Chatqol, Ketmonchi, Lolabuloq, Oltintogʻ, Sulton Uvays togʻlari, Kirqbuloq pegmatitlarida oʻrganilgan. S. xorijda elektr keramikasi ishlab chiqarish.da foydalaniladi. Tiniq, chiroyli rangli turlari bezak toshlar va hatto qimmatbaho toshlar sifatida ham ishlatiladi.