Mikroklin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mikroklin (mikro... va yun. klino — egilaman) — dala shpatlari guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi K[AlSi3O8]. Tarkibida bir oz kalsiy, bariy, temir, rubidiy, seziy aralashma holida boʻladi. Triklin sin-goniyali, prizmatik shakldagi kristallar hosil qiladi. Qoʻshaloklari polisintetik va toʻrsimon. Qattikligi 6— 6,5. Zichligi 2540–2570 kg/m3. Rangi pushti, qoʻngʻirsariq, qizgʻish-oq, pushtiqizil, baʼzan oq, havorang-yashil (amazonit) tusda boʻladi. Shishadek, sadafsimon yaltiroq. M. togʻjinslari (granit, granodiorit, pegmatit, gneys va boshqalar) tarkibiy qismlaridan biridir. M. shisha va keramika sanoati (chinni, fayans, texnik keramika ishlab chiqarish)da ishlatiladi. Amazonitdan ziynat toshlari sifatida foydalaniladi. Oʻzbekiston gʻarbidagi magmatik jinslar Chatqol-Qurama regionidan farqli koʻp darajada mikroklinizatsiya jarayoniga uchragan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil