Lepidolit
Lepidolit (yun. lepis — tangacha va lithos — tosh) — silikatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi K(Li,Al)3(Al,Si)4O10(F,OH)2. Tarkibida 3—6% Li2O boʻladi. Qoʻshimchalari Ge, Mn, Mg, Pb, Cs. Qattikligi 2,5—3,5. Zichligi 2800– 2900 kg/m’. Monoklin singoniyali. Plastinkasimon, yupka tangachalar shaklida, baʼzan zich mayda donali agregatlar. Oq, koʻpincha pushti, och binafsha rangli. Sadafsimon yaltiroq, shaffof Oʻzgargan granit (greyzen) va baʼzi bir pegmatitlarda dala shpatlari, kvars, albit, muskovit va boshqa minerallar bilan birga uchraydi. Qozogʻiston, Rossiya Federatsiyasi (Ural, Zabaykalye, Kola ya. o.), Ukraina, AQSH (Men shtati), Shvetsiya (Utyo o.)da konlari bor. L.dan, asosan, litiy, yoʻlakay rubidiy va seziy olinadi. Optika shishalari va emal tayyorlashda ham ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |