Sofiya qamali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sofiya qamali
Usmonli-Bolgariya urushi.
Sanalar 1382-yil yoki 1385-yil
Urush yeri Sofiya, Bolgariya
Natija Usmoniylarning gʻalabasi
Raqiblar
Bolgariya imperiyasi. Usmoniy beyligi
Qoʻmondonlar
Yanuka Lala Şahin Pasha
Kuchlar
Nomaʼlum Nomaʼlum
Yoʻqotishlar
Nomaʼlum Nomaʼlum
Umumiy yoʻqotishlar
Nomaʼlum

Sofiya qamali-1382-yil yoki 1385-yillar orasida Bolgariya-Usmonli urushlari davomida yuzaga kelgan[1][2]. Usmonli imperiyasi bu davrga kelib yaanada kuchayib, oʻz yerlarini Yevropa tomonga tobora kengayib borayotgan edi. 1373-yilda Bolgariya imperatori Ivan Shishman oʻz mamlakatini Usmonlilardan himoya qila olmagach, Usmonli vassali boʻlishga va singlisi Kera Tamarani oʻz sultoni Murod I ga berishga rozi boʻldi, shundan soʻng Usmonlilar bosib olingan qal’alarni qaytarib berdilar. Tinchlik boʻlishiga qaramay, 1380-yillarning boshlarida Usmoniylar oʻz yurishlarini qaytadan boshladilar va Serbiya va Makedoniyaga olib boruvchi asosiy aloqa yoʻllarini boshqaruvchi muhim Sofiya shahrini qurshab oldilar. Bizning davrimizga qadar Sofiya qamali haqida juda oz maʼlumotlar yetib kelgan. Usmonlilar qoʻshini shaharni qamal qilishdi ammo qoʻlga kirita olishmadi. Qal’ani bosib olish urinishlari puchga chiqqandan soʻng, qamalni nazoratini qilayotgan qoʻmondon Lala Shahin posho qamalni toʻxtatish haqida buyruq berdi[1]. Biroq turklar shunchaki qamalni toʻxtatib ortga qaytish niyatlari yoʻq edi. Usmonli askarlari qamalni toʻxtatib, qal’a hukmdorini tashqariga chiqishini kutishdi va uni qoʻlga olishni maqsad qilishdi. Ular oʻz oʻylagan maqsadlarini amalga oshirishdi va qal’a hukmdorini Yanukani qoʻlga olishdi. Oʻz liderlaridan ayrilgan bolgarlar qal’ani Usmonli imperiyasi qoʻshiniga taslim etishga majbur boʻldilar[2]. Shahar devorlari vayron qilindi va Usmonli garnizoni oʻrnatildi. Shimoli-gʻarbiy yoʻl tozalangach, Usmoniylar yana yurishga chiqdilar, 1386-yilda Pirot va Nishni egallab olishdi va shu bilan Bolgariya va Serbiya taslim etishdi[2].


Urush natijasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urush Usmonli imperiyasining toʻliq gʻalabasi bilan yakun topdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Andreev, p. 283
  2. 2,0 2,1 2,2 „20. The Decline of the Second Bulgarian Empire“ (Bulgarian). 8-oktabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2011-yil. (Wayback Machine saytida 2011-10-08 sanasida arxivlangan) Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "prosveta" defined multiple times with different content

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]