Shulluktepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shulluktepa — Qarshi vohasidagi oʻrta asrlarga oid yirik qoʻhna shahar xarobasi. Hozirgi Qarshi shahridan 8 km shim.gʻarbda, Qashqadaryoning chap qirgʻoqlariga yaqin yerda joylashgan. Koʻpchilik tadqiqotchilar tomonidan qadimiy Nasaf shahri xarobasi ekanligi eʼtirof etiladi.

SH. 1883-yil rus arxeologlari V.V.Krestovskiy, 1895 va 1910-yillarda B.I. Litvinov, 1910-yilda D.I.Logofet tomonidan tekshirilib, umumiy maʼlumotlar toʻplangan. Bu tadqiqotchilar arab geograflari asarlarida qayd etilgan Nasaf shahri aynan shu yerda joylashganligi haqidagi fikrni ilgari surganlar. 1916-yilda sharqshunos L.A.Zimin birinchi boʻlib shahrida arxeologik tadqiqotlar oʻtkazgan. Keyinchalik bu yodgorlikda S.K.Kabanov, M.Ye.Masson, B.D.Kochnev, V.A.Pirin, M.X.Isomiddinov kabi arxeolog olimlar tadqiqot ishlari oʻtkazganlar. Ushbu tadqiqotlar natijalarining koʻrsatishicha, Sh. oʻrnida mil. 34-asrlarda dastlab uncha katta boʻlmagan istehkom bunyod etilib, 56-asrlarda qalʼa (150×80) va uni oʻrab turgan shahriston shakllangan. 6—8-asrlarda esa shahriston qalinligi 15 m boʻlgan devor bilan oʻrab olingan. Arablar istilosi va unga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonlar oqibatida Naxshab shahri (Zahhoki Moron) asta-sekin vayronaga aylangach, 9-asrdan boshlab quyi Qashqadaryodagi shaharsozlik markazi Sh. oʻrnida rivojlanadi. 200 ga maydonni egallagan bu yangi shahar arab manbalarida Nasaf deb atala boshlangan. 1012-asrlarga oid arab geograflari (Ibn Xurdodbeh, Istaxriy, Ibn Havqal, Muqaddasiy, Samʼoniy) asarlarida ushbu koʻhna shahar qalʼadan tashqari shahriston va rabodga ega ekanligi, shahar oʻrtasidan daryo oqib oʻtishi, shaharning 4 darvozasi borligi qayd etiladi, ayrim bosh koʻchalarning nomlari tilga olinadi.

shahrida olib borilgan tadqiqotlar shahar Movarounnahrning ichki va tashqi iqtisodiy savdo aloqalarida faol ishtirok etganligini koʻrsatadi. Sh. (Nasaf) orqali ilk va rivojlangan oʻrta asrlarda Eron va Xurosonning savdo shaharlarini Samarqand, Choch vohasi va Fargʻona vodiysi bilan, Buxoroni Termiz, Balx va Hindistonning savdo markazlari bilan bogʻlovchi tranzit savdo yoʻllari oʻtishi bu shahar rivojiga katta taʼsir koʻrsatganligini qayd etish mumkin.

Moʻgʻullar bosqinidan soʻng shahar xarobaga aylanadi va uning xarobalari keyinchalik Sh. nomi bilan atala boshlanadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Masson M.Ye., Stolichnme goroda v oblasti nizovyev Kashkadari s drevneyshix vremen, T., 1973; Sul yeymanov R.X.,Drevniy Naxshab, T., 2000.

Oʻktam Mavlonov.