Samʼoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Samʼoniy, Abu Saʼd Abdulkarim ibn Muhammad as Samʼoniy alMarvaziy (1112, Marv — 1167) — tarixchi, etnograf, geograf olim. Koʻp yurtlarni kezgan, 50 ga yaqin ilmiy asarlar yaratgan. Uning 1156-yilda Samarqand shahrida yozib tugatgan "Kitob al-ansob" ("Nisbalar kitobi") nomli tarixiy-geografik va etnografik asari juda muhim manba. Ushbu kitob 8 jilddan iborat boʻlib, muallifning Oʻrta Osiyodan to Arabistongacha boʻlgan koʻp yillik sayohati natijasida yozilgan. Kitobda tarixiy va geografik nomlar, qabila boshliqlari, tarixiy shaxslar, viloyatlar, shaharlar va qishloqlar, daryolar, koʻllar, togʻlar nomlari alifbo tartibida keltirilib, ularga ancha batafsil izohlar berilgan. S. oʻz asarida Eron va Movarounnahrdagi shahar va qishloqlarning deyarli barchasi haqida qimmatli maʼlumotlar bergan. Mas., Nasaf shahrining 3 mahallasi, 4 koʻchasi, 2 masjidi, 2 karvonsaroyi, 1 raboti haqida soʻz yuritadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nasabnoma (Al-Ansob) (arabchadan Abdulgʻafur Razzoq Buxoriy va Komiljon Rahimov tarjimasi), Buxoro, 2003.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kamaliddinov Sh. S, "Kitab al-ansab" Abu Saʼda Abdalkarima ibn Muhammada as-Samʼani kak istochnik po istorii i istorii kulturi Sredney Azii, - T., 1993; Hasanov H., Oʻrta Osiyolik geograf va sayyohlar, - T., 1964.