Vasiliy Shishkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shishkin Vasiliy Afanasyevichdan yoʻnaltirildi)
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Vasiliy Afanasyevich Shishkin [1893.29.12 (1894.10.1), Kirov viloyati, Rossiya Federatsiyasi — 1966.18.10, Samarqand), arxeolog va sharqshunos. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi (1966), tarix fanlari doktori (1961). Oʻzbekiston FATarix va arxeologiya instituti arxeologiya sektorining mudiri (1943—66). 1923-yildan Buxoro, Samarqand, Toshkent shahrilarida oʻrta va oliy oʻquv yurtlarida dars bergan. Sh. Afrosiyob xarobasini qazish (1925), Zarafshon (193435) va Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (1936—38), Poykendni oʻrganish (1939), Amir Temur maqbarasini ochish (1941), shuningdek G.A. Pugachenkova bilan hamkorlikda Jarqoʻrgʻon minorasini tekshirish (1938) va boshqalar arxeologik ekspeditsiyalarda qatnashgan. Ulugʻbek rasadxonasini Sh. 1948-yilda qazib toʻla oʻrgangan. 1938—39 yillarda Varaxsha arxeologik tadqiqotlar olib borib, 3 qismdan iborat yirik monografiya — "Varaxsha" asarini yaratgan (1963). Shishkin 40 yillik ilmiy faoliyatida 100 ga yaqin asarlar yozgan.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya intining ilmiy toʻplamlariga (1959—65) muharrirlik qilgan. "Oʻzbekiston xalqlari tarixi", "Oʻzbekiston SSR tarixi" kitoblarini tayyorlashda ishtirok etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Arxitekturnie pamyatniki Buxarm, T., 1936; Varaxsha, M., 1963;
  • Afrosiyob — qadimiy madaniyat xazinasi, T., 1966.