Shahrukh Khan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahrukh Khan

Shohrux Xon 2012-yilda
Asl ismi hindi. शाहरुख़ ख़ान
Tugʻilishi 2-noyabr 1965 (1965-11-02) (53 yosh)
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktor, Produser, Teleboshlovchi, Ssenarist
Mukofotlari Padma Shri,Qadrlash Milliy „Fransiya“ ordeni
IMDb ID 0451321

Shahrukh Khan (ingl. Shahrukh Khan(hindi. शाहरुख़ ख़ान, urdu: شاہ رخ خان, [ʃaːɦ.ɾʊx.xaːn]; (talaffuzi: Shohruh Xon) — Hind film yulduzi, produser, ssenarist, teleboshlovchi. Shuningdek, Bollywood qiroli taxallusi bilan tanilgan.[1]

Biografiyasi[tahrir]

Shohruh Xon 1965-yil 2-noyabrda advokat oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Taj Muhammad Xon Peshovaralik boʻlib Nyu Dehliga koʻchib borgan edi. Shohrux Xon oʻrta maktabni tamomlab Dehli 1988-yili Dehlidagi Dehli universitetini iqtisodiyot yoʻnalishinida magistraturani tamomlanadi. Ammo qiziqishi tufayli aktorlik kasbini tanladi.[2]. Ota-onasi vafotidan soʻng, 1991-yilda, u Bombayga koʻchib oʻtdi. Xuddi shu yili, 25-oktabr kuni, Shohrux xon Gauri Chhibberga uylandi. Hozirda ularning uch farzandi bor.

Karerasi[tahrir]

U 1988-yilda televideniyeda bir oddiy aktor sifatida oʻz debyutini qildi. Bir necha televizion filmlarda ketma-ket kichik rollar oʻynadi. Birinchi katta roli 1992-yilda „Crazy Love“ oʻzb. Telba muhabbat filmida oʻynagan. Bu roli uchun, u eng yaxshi Newcomer Filmfare Award mukofotini oldi. 1993 yilda u ikki salbiy rollari uchun — „Qoʻrquv ostida yashash“ va „Xavfli oʻyin“ filmlardagi roli uchun Filmfare mukofoti bilan taqdirlandi. 1994-yilda u yana u eng yaxshi salbiy roli uchun Filmfare mukofotini oldi.

Yana bir Filmfare Awards mukofotini esa 1995-yildagi filmi uchun „Dilwale Dulhania Le Jayenge“oʻzb. O'g'irlanmagan kelin filmidagi roli uchun oldi. Bu film u hind kino tarixida eng yuqori choʻqilarga erishdi, film keltirgan daromad esa 12 milliard rupiyani tashkil edti. Keyinchalik eng yaxshi aktor nomzodini yana olti marta oldi. 2010-yilga kelib Karan Joharning „Mening ismim Xon“ filmidagi bosh roli uchun Filmfare mukofotini yana qoʻlga kiritib Filmfare mukofoti boʻyicha rekord qoʻydi. 2014-yilga qadar bu mukofotni 23 martda qoʻlga kiritgan.

Filmografiyasi[tahrir]

Yil Oʻzbekcha nomi Asil nomi Rol
1988 Oddiy askar Fauji Abximan Ray
1991 Devona Ahamak Pavan Ragxoʻjan
1992 Devona qalb Deewana Raja Saxi
1992 Afsun Chamatkar Sunder Shrivastav
1992 Kabera raqossasi Dil Aashna Hai (…The Heart Knows) Karan Sinx
1992 Orzular janobi Raju Ban Gaya Gentleman Raju
1993 Maya xonim Maya Lalit
1993 Birinchi Pehla Nasha … Oʻzi
1993 Baazigar Baazigar Vikki Malxotra
1993 Qoʻrquv ostida Darr Rahul Mexra
1993 Sevgi qiroli King Uncle Anil Basal
1994 Sevgi mavsumi Kabhi Haan Kabhi Naa Sunil
1994 Oʻjar Anjaam Vijay
1995 Guddu Guddu Gudu Bahadur
1995 Oʻgʻirlanmagan kelin Dilwale Dulhania Le Jayenge Raj Malxotra
1995 Karan va Arjun Karan Arjun Vijay
1995 Ram Jaane Ram Jaane Ram Jaane
1995 Sevgi fasli Zamaana Deewana Rahul Sinx
1995 Azizam, bu Hindiston Oh Darling Yeh Hai India Xiro
1995 Uch aka-uka Trimurti Romi
1996 Azobli muhabbat Chaahat Rup Sinx
1996 Merosxoʻr English Babu Desi Mem Vikram
1996 Qasoskor Army Arjun
1997 Soʻzsiz muhabbat Koyla Shanker
1997 Xop, boʻladi xoʻjayin Yes Boss Rahul
1997 Qalb tuygʻoni Dil To Pagal Ha Rahul
1997 Parchalangan ishonch Pardes Arjun
1997  — Gudgudee Kamep
1998 Egizaklar Duplicate Manu
1998 Toʻsatdan Achanak … Oʻzi
1998 Bir koʻrishda muhabbat Dil Se… Amarkant Varma
1998 Hayotda hamma narsa boʻladi Kuch Kuch Hota Hai Rahul
2000 Yurak Phir Bhi Dil Hai Hindustani Ajay Bakshi
2000 Vaqt nafasi Hey Ram Ali xon
2000 Har bir sevuvchi yurak Har Dil Jo Pyar Karega… Rahul
2000 Oshiqlar Mohabbatein Raj Malxotra
2000 Ayol qalbi Gaja Gamini Shohrux
2000 Joʻshqin sevgi Josh Maks
2001 Vasiy One 2 Ka 4 Arun Verma
2001 Imperator Asoka Ashok
2001 Gohi shodlik gohi gʻam Kabhi Khushi Kabhie Gham… Rahul Raychand
2002 Devdas Devdas Devdas
2002 Yagonam Hum Tumhare Hain Sanam Gopal
2002 Sabrina bollivudda Sabrinaʼs Bollywood … Oʻzi
2002 Oʻgil Shakthi: The Power Jaysinx
2002 Sevgi anatomiyasi Saathiya Yashvant
2003 Hayot qadri Larger Than Life … Oʻzi
2003 Yoʻl-yoʻlakay Chalte Chalte Raj Matxur
2003  — Kal Ho Naa Ho Amar
2004 Xiyonat Yeh Lamhe Judaai Ke Dushan
2004 Shohruhxonning hayoti haqida The Inner/The Outer World Of Shah Rukh Khan… Oʻzi
2004 Men sen bilanman Main Hoon Na Prasad Sharma
2004 Vir va Zara Veer-Zaara Vir
2004 Vatanga qaytish Swades: We, the People Moxan
2005 Nigoh Kaal Yulduz
2005 Sevish sanʼati Silsiilay Sutradxar
2005 Jumboq Paheli Kishnalar/Jin
2006 Begona Alag: He Is Different…. He Is Alone… Maxsus taklif
2006 Hech qachon alvido demang Kabhi Alvida Naa Kehna Dev
2006 Don Don Don / Vijay
2006 Men seni koʻrayapman I See You Gitarachi
2007 Olgʻa Hindiston Chak De! India Kabir Xan
2007 Salom, bolakay Heyy Babyy Raj Malxotra
2007 Om Shanti Om Om Shanti Om Om / Om kapur
2008 Koʻzga koʻrinmas Bhoothnath Aditya sharma
2008 4 telba Krazzy 4 Maxsus taklif
2008  — Rab Ne Bana Di Jodi Raj
2009 Billu Billu Saxir Xon
2009 Yaxshi baxt uchun imkoniyat Luck by Chance Oʻzi
2010 Kuyov topilmadi Dulha Mil Gaya Pavan Gandi
2010  — Koochie Koochie Hota Hai Rokki
2010 Mening ismim Xon My name is Khan Rizvon Xon
2011 Ravan RA. One Shek Xar / Ji Van
2011 Muhabbat istirobi Love Breakups Zindagi Oʻzi
2011 Don-2 Don 2 Don
2012 Toki hayot ekanman Jab Tak Hai Jaan Samar
2013 Chinnay ekspressi Chennai Express Rahul
2014 Yangi yil bilan Happy New Year Charli
2015 Sevishganlar Dilwale Raj Bakshi/ Kali
2016 Muxlis Ishqiboz Aryan Xan/ Gurav Chandra

Ssenaristlik qilgan filmlari[tahrir]

  • Ravan „RA.One“ (2011)

Televideniyedagi karerasi[tahrir]

  • 2007-yildan boshlab, Sh.Xon „Kim millioner boʻlishni istaydi ?“ televizion oʻyinini Amitabx Bachchandan keyin olib bordi.
  • 2008 — yildan boshlab esa Kim 5-sinfdan aqliroq ? Hind versiyasini olib bordi.
  • 2004-yildan 2010-yilga qadar Sh.Xon Karan Joharning Karan Johar qaxvaxonasida degan koʻrsatuvda olti marta qatnashdi.
  • 2011-yil fevral oyidan boshlab, Sh.Xon teleshou Zor Ka Jhatka bu koʻrasatuv juda qiziqarli va turli xil voqealarni oʻziga jam qilgan haqiqiy tok-shou. Koʻrsatuvning asil nomi Wipeout
  • Shahrukh Khan 2011-yil Hindistonning engi yaxshi erkak aktori mukofotini olayotganda

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]