Shah Rukh Khan
Shahrukh Khan | |
---|---|
hindcha: शाहरुख़ ख़ान | |
![]() | |
Asl ismi | hindcha: शाहरुख़ ख़ान |
Tavalludi |
Shahruh xan 2-noyabr 1965-yil |
Fuqaroligi | Hindiston |
Kasbi | Aktyor, Produser, Teleboshlovchi, Ssenarist |
Faoliyat yillari | 1988 — hozirgi kun |
Mukofotlari | Faxriy legion ordeni, Padma Shri ordeni, Sanʼat va adabiyot ordeni eng yaxshi aktyor. |
Shah Rukh Khan (hindcha: शाहरुख़ ख़ान, urdu: شاہ رخ خان, [ʃaːɦ.ɾʊx.xaːn]; (talaffuzi: Shohrux Xon) — hind film aktyori, produseri, ssenariynavisi va teleboshlovchisi. Shuningdek, Bollywood qiroli taxallusi bilan tanilgan.[1]
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shah Rukh Khan 1965-yil 2-noyabrda Dehlida advokat oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Taj Muhammad Khan Peshovaralik boʻlib Nyu Dehliga koʻchib borgan edi. Shah Rukh Khan oʻrta maktabni tamomlab Dehli 1988-yili Dehlidagi Dehli universitetini iqtisodiyot yoʻnalishinida magistraturani tamomlanadi. Ammo qiziqishi tufayli aktyorlik kasbini tanladi.[2]. Ota-onasi vafotidan soʻng, 1991-yilda, u Mumbayga koʻchib oʻtdi. Xuddi shu yili, 25-oktabr kuni, Shah Rukh xon Gauri Chhibberga uylandi. Hozirda ularning uch farzandi bor. Ularning ismi: Aryan Khan, Suhana Khan va Abram Khandir.
Shah Rukh Khan nafaqat Hindistonda hamda butun dunyoda eng boy aktyor sanaladi. Uning boyligi 2020-yilning yarmigacha hozirda 687 million dollarni tashkil qilmoqda.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
U 1988-yilda televideniyeda bir oddiy aktyor sifatida oʻz debyutini qildi. Bir necha televizion filmlarda ketma-ket kichik rollar oʻynadi. Birinchi katta roli 1992-yilda „Deewaana“ oʻzbekcha: Telba muhabbat filmida oʻynagan. Bu roli uchun, u eng yaxshi Newcomer Filmfare Award mukofotini oldi. 1993 yilda u ikki salbiy rollari uchun — "DARR" (Qoʻrquv ostida yashash) va „Xavfli oʻyin“ filmlardagi roli uchun Filmfare mukofoti bilan taqdirlandi. 1994-yilda u yana u eng yaxshi salbiy roli uchun Filmfare mukofotini oldi.
Yana bir Filmfare Awards mukofotini esa 1995-yildagi filmi uchun „Dilwale Dulhania Le Jayenge“oʻzbekcha: O'g'irlanmagan kelin filmidagi roli uchun oldi. Bu film u hind kino tarixida eng yuqori choʻqilarga erishdi, film keltirgan daromad esa 12 milliard rupiyani tashkil etdi. Ushbu film 25 yil kinotetrlarda namoyish qilindi va Ginneslar Rekordiga kirdi. Keyinchalik eng yaxshi aktyor nomzodini yana olti marta oldi. 2010-yilga kelib Karan Joharning „Mening ismim Khan“ oʻzbekcha: Mening ismim Xon filmidagi bosh roli uchun Filmfare mukofotini yana qoʻlga kiritib Filmfare mukofoti boʻyicha rekord qoʻydi. 2014-yilga qadar bu mukofotni 23-martda qoʻlga kiritgan.
Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Oʻzbekcha nomi | Asl nomi | Rol |
---|---|---|---|
1988 | Oddiy askar | Fauji | Abximan Ray |
1991 | Devona | Ahamak | Pavan Ragxoʻjan |
1992 | Devona qalb | Deewana | Raja Saxi |
1992 | Afsun | Chamatkar | Sunder Shrivastav |
1992 | Kabera raqossasi | Dil Aashna Hai (…The Heart Knows) | Karan Sinx |
1992 | Orzular janobi | Raju Ban Gaya Gentleman | Raju |
1993 | Maya xonim | Maya | Lalit |
1993 | Birinchi | Pehla Nasha … | Oʻzi |
1993 | Baazigar | Baazigar | Vikki Malxotra |
1993 | Qoʻrquv ostida | Darr | Rahul Mexra |
1993 | Sevgi qiroli | King Uncle | Anil Basal |
1994 | Sevgi mavsumi | Kabhi Haan Kabhi Naa | Sunil |
1994 | Oʻjar | Anjaam | Vijay |
1995 | Guddu | Guddu | Gudu Bahadur |
1995 | Oʻgʻirlanmagan kelin | Dilwale Dulhania Le Jayenge | Raj Malxotra |
1995 | Karan va Arjun | Karan Arjun | Vijay |
1995 | Ram Jaane | Ram Jaane | Ram Jaane |
1995 | Sevgi fasli | Zamaana Deewana | Rahul Sinx |
1995 | Azizam, bu Hindiston | Oh Darling Yeh Hai India | Xiro |
1995 | Uch aka-uka | Trimurti | Romi |
1996 | Azobli muhabbat | Chaahat | Rup Sinx |
1996 | Merosxoʻr | English Babu Desi Mem | Vikram |
1996 | Qasoskor | Army | Arjun |
1997 | Soʻzsiz muhabbat | Koyla | Shanker |
1997 | Xoʻp boʻladi xoʻjayin | Yes Boss | Rahul |
1997 | Qalb tuygʻoni | Dil To Pagal Ha | Rahul |
1997 | Parchalangan ishonch | Pardes | Arjun |
1997 | — | Gudgudee | Kamep |
1998 | Egizaklar | Duplicate | Manu |
1998 | Toʻsatdan | Achanak … | Oʻzi |
1998 | Bir koʻrishda muhabbat | Dil Se… | Amarkant Varma |
1998 | Hayotda hamma narsa boʻladi | Kuch Kuch Hota Hai | Rahul |
2000 | Yurak | Phir Bhi Dil Hai Hindustani | Ajay Bakshi |
2000 | Vaqt nafasi | Hey Ram | Ali xon |
2000 | Har bir sevuvchi yurak | Har Dil Jo Pyar Karega… | Rahul |
2000 | Oshiqlar | Mohabbatein | Raj Malxotra |
2000 | Ayol qalbi | Gaja Gamini | Shah Rukh |
2000 | Joʻshqin sevgi | Josh | Maks |
2001 | Vasiy | One 2 Ka 4 | Arun Verma |
2001 | Imperator | Asoka | Ashok |
2001 | Gohi shodlik gohi gʻam | Kabhi Khushi Kabhie Gham… | Rahul Raychand |
2002 | Devdas | Devdas | Devdas |
2002 | Yagonam | Hum Tumhare Hain Sanam | Gopal |
2002 | Sabrina bollivudda | Sabrinaʼs Bollywood … | Oʻzi |
2002 | Oʻgil | Shakthi: The Power | Jaysinx |
2002 | Sevgi anatomiyasi | Saathiya | Yashvant |
2003 | Hayot qadri | Larger Than Life … | Oʻzi |
2003 | Yoʻl-yoʻlakay | Chalte Chalte | Raj Matxur |
2003 | — | Kal Ho Naa Ho | Amar |
2004 | Xiyonat | Yeh Lamhe Judaai Ke | Dushan |
2004 | Shah Rukh Khanning hayoti haqida | The Inner/The Outer World Of Shah Rukh Khan… | Oʻzi |
2004 | Men sen bilanman | Main Hoon Na | Prasad Sharma |
2004 | Vir va Zara | Veer-Zaara | Vir |
2004 | Vatanga qaytish | Swades: We, the People | Moxan |
2005 | Nigoh | Kaal | Yulduz |
2005 | Sevish sanʼati | Silsiilay | Sutradxar |
2005 | Jumboq | Paheli | Kishnalar/Jin |
2006 | Begona | Alag: He Is Different…. He Is Alone… | Maxsus taklif |
2006 | Hech qachon alvido demang | Kabhi Alvida Naa Kehna | Dev |
2006 | Don | Don | Don / Vijay |
2006 | Men seni koʻrayapman | I See You | Gitarachi |
2007 | Olgʻa Hindiston | Chak De! India | Kabir Xan |
2007 | Salom, bolakay | Heyy Babyy | Raj Malxotra |
2007 | Om Shanti Om | Om Shanti Om | Om / Om kapur |
2008 | Koʻzga koʻrinmas | Bhoothnath | Aditya sharma |
2008 | 4 telba | Krazzy 4 | Maxsus taklif |
2008 | — | Rab Ne Bana Di Jodi | Raj |
2009 | Billu | Billu | Saxir Khan |
2009 | Yaxshi baxt uchun imkoniyat | Luck by Chance | Oʻzi |
2010 | Kuyov topilmadi | Dulha Mil Gaya | Pavan Gandi |
2010 | — | Koochie Koochie Hota Hai | Rokki |
2010 | Mening ismim Khan | My name is Khan | Rizvon Khan |
2011 | Ravan | RA. One | Shek Xar / Ji Van |
2011 | Muhabbat istirobi | Love Breakups Zindagi | Oʻzi |
2011 | Don 2 | Don 2 | Don |
2012 | Toki hayot ekanman | Jab Tak Hai Jaan | Samar |
2013 | Chinnay ekspressi | Chennai Express | Rahul |
2014 | Yangi yil bilan | Happy New Year | Charli |
2015 | Sevishganlar | Dilwale | Raj Bakshi/ Kali |
2016 | Muxlis | Ishqiboz | Aryan Xan/ Gurav Chandra |
2016 | Devi | Devi | Ovoz beruvchi |
2016 | hayot qadri | Dear Zindagi | Jahongirxon |
2017 | Nufuz | Raees | Rayis |
2017 | Umid nuri | Tubelight | sehrgar Gogo Posho |
2017 | Harry Sejalni uchratganda | Jab Harry Met Sejal | Harinder "Garri" Singh Nehra |
2018 | Nol | Zero | Baua Singx |
2019 | Biba | Biba/Marshmello Pritam | mehmon yulduz |
2019 | Khukri operatsiyasi | Operation Khukri | Syerra-Leonedagi hind askari |
Ssenaristlik qilgan filmlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Ravan „RA.One“ (2011)
Televideniyedagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 2007-yildan boshlab, Sh.Khan „Kim millioner boʻlishni istaydi ?“ televizion oʻyinini Amitabx Bachchandan keyin olib bordi.
- 2008 — yildan boshlab esa Kim 5-sinfdan aqliroq ? Hind versiyasini olib bordi.
- 2004-yildan 2010-yilga qadar Sh.Khan Karan Joharning Karan Johar qaxvaxonasida degan koʻrsatuvda olti marta qatnashdi.
- 2011-yil fevral oyidan boshlab, Sh.Khan teleshou Zor Ka Jhatka bu koʻrasatuv juda qiziqarli va turli xil voqealarni oʻziga jam qilgan haqiqiy tok-shou. Koʻrsatuvning asil nomi Wipeout
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „TV actors who now have a Bollywood address“ (en). Hindustan Times (15-fevral 2013-yil). 1-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-aprel 2015-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-11-01).
- ↑ Shah Rukh xon biografiyasi
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Wikimedia Commonsda Shah Rukh Khan mavzusiga oid fayllar bor. |