Priyanka Chopra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Priyanka Chopra
Tugʻilishi 18-iyul 1982 (1982-07-18) (37 yosh)
Jamshedpur, Bihar, Hindiston
(hozirda Jharkhand, Hindiston)
Fuqaroligi Hindiston bayrogʻi Hindiston
Kasbi Aktrisa, qoʻshiqchi, prodyuser
IMDb ID 1231899

Priyanka Chopra 1982-yil 18-iyulda Hindistonda tugʻilgan. Priyanka Hindiston armiyasining shifokorlari oilasida dunyoga kelgan. U Lukcnowidagi „La Martiniere“ qizlar maktabida, undan soʻng Barillydagi St.Maria Yoretti kollejida tahsil olgan. U 13 yoshda AQSHga ketadi. 2000-yilda Priyankaning onasi uni „Miss India“ tanloviga borishni taklif qiladi va shu tariqa Priyanka faoliyatini boshladi. Keyinchalik u „Miss India“ tanlovida gʻolib boʻldi.

Kinodagi faoliyati[tahrir]

2002-yil Abbas Mustanning romantik triller "Humraaz" filmida debut rol ijro etdi. Priyanka aynan shu film orqali aktrisalikka va Bollivudga qadam qoʻyadi. Keyinchalik u bir nechta hit filmlarda rol ijro etadi. Shulardan biri 2004-yil Rakesh Roshanning "Krrish" filmidir. Bu filmda u Hrithik Roshan bilan juftlik yaratdi. Bu fim 1,17 milliard rupiy foyda keltirdi. "Krrish" filmidan soʻng 2006-yilda Farhan Ahtarningladining "Don" filmida Shahrukh Khan bilan hamkorlikda ishladi. 2007-yilda "Saalam-e-Ishq" filmida Salman Khan bilan juftlik yaratdi. Priyanka 2012-yildan qoʻshiqchi sifatida ham faoliyat olib boradi. Hozirda uni "In my city" (2012), "Exotic" (2013-yilda Pitbull bilan hamkorlikda yozilgan),"I can't make you love" (2014) qoʻshiqlari mavjud.