Advokat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Advokat (lot. advocatus, advocare – yordamga chaqirish) – yuridik yordam koʻrsatuvchi shaxs. Jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv, tergov harakatlari yuritil-ganda va sud majlisida, fuqaroviy ishlar sudda, xoʻjalik nizolari xoʻjalik sudlarida yoki ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar sudya yoxud vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) tomoni-dan koʻrilganda ishtirok etadi, qonunda belgilangan vakolatga ega boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi "Advokatura toʻgʻrisida"gi Qonunida (1996-yil 27-dekabr) koʻrsatilishicha, oliy yuridik ma’lumotli va belgilangan tartibda advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasida A. boʻlishi mumkin.Oʻzbekiston Respublikasi "Advokatlik faoliyatining ka-folatlari va avdokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida"gi Qonunida (1998-yil 25-dekabr) A.lik faoliyati bilan shugʻullanish huquqi, faoliyatining asosiy prinsiplari, A. qasamyodi, vakolatlari, mustaqilligini ta’minlash, daxleizligi, A.lik faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi va uning himoyalanishini ta’minlash, A.ning ijtimoiy himoyasi choralari va boshqa belgilab berilgan. A. jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatish maqsadida: huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonun hujjatlari yuzasidan ogʻzaki va yozma ma’lumotlar beradi; huquqqa oid arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzadi; fuqarolik ishlari hamda ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshiradi; jinoiy ishlar boʻyicha surish-tiruvda, dastlabki tergovda va sudda himoyachi; jabrlanuvchi, fuqaroviy da’-vogar, fuqaroviy javobgarning vaki-li; agar gumon qilinuvchi, ayblanuv-chi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchining man-faatlari bilan qonuniy vakilning manfaatlari oʻzaro mos kelmasa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi tarafida ishtirok etish uchun qaror yoki ajrim bilan advokat si-fatida katnashadi (Qonunning 5-modda l-qismi va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual ko-deksi (JPK) 49-, 55-, 59-.60-, 62-mod-dalari). A. jinoyat ishi boʻyicha oʻz vazi-fasini amalga oshirish munosabati bilan bilgan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas (Oʻzbekiston Respublikasi JPK 53-modda 3-qismi). Advokatura toʻgʻrisidagi Qonunda "ad-vokat himoyachilik yoki vakillik vazi-188fasini bajarayotganda oʻziga ma’lum boʻlib qolgan tafsilotlar yuzasidan guvoh sifatida soʻroq qilinishi mumkin emas"ligi qatiy belgilangan (10-modda 2-qism).A. tadbirkorlik faoliyatiga va xoʻjalik nizolari toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha yuridik xizmat, qonun hujjatlarida man etilmagan boshqa tur-dagi yuridik yordam ham koʻrsatishi mum-kin.A. kasbiy faoliyatini amalga oshirish chogʻida quyidagi huquqlarga ega: tegishli masalalarni hal etishga vakolatli boʻlgan barcha organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning topshirigʻiga muvofiq ularning manfaatlarini ifoda etish va huquklarini himoya qilish; sudlar-da, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqayotgan organlarda dalil sifatida foydalani-shi mumkin boʻlgan faktlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplash; yuridik yordam koʻrsatilishi munosabati bilan davlat or-ganlaridan hamda jamoat birlashmalaridan zarur boʻlgan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish; unga vakolat bergan yoki uning himoyasida ish yuritayotgan sudga va boshqa davlat organlariga toʻplangan materi-allarni taqsim etish; mansabdor shax-slarga iltimosnoma va shikoyat berish hamda ulardan yozma tarzda dalil-isbot-li javob olish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish. Jinoiy ishni koʻrib chiqishda qatnashishga tayinlangan A. fuqaroning toʻlovga qobiliyatsizligini vaj qilib, unga yuridik yordam koʻrsatishdan bosh tortishga haqli emas. A. davlat xizmati-da turishi ham mumkin emas. Qonunning 9-moddasida u A.lik sirini saqlashi shartligi alohida ta’kidlangan. A. oʻz kasbiy vazifalarini bajarayotganida unga biror-bir shaklda ta’sir oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi, A.lik dalillari (ashyolari), hujjatlari undan olib qoʻyilishi yoki koʻzdan kechirilishi, shuningdek, oʻzi yuridik yordam koʻrsatayotgan shaxslar bilan uchrashish huquqi cheklanishi, uning ish yuzasidan huquqiy nazari xususida su-rishtiruv organi, tergovchi, prokuror taqdimnoma kiritishi, shuningdek, sud xususiy ajrim chiqarishi mumkin emas.A.lik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar hamda xususiy A.lik amali-yoti bilan shugʻullanuvchi ayrim shaxslar mustaqil, koʻngilli kasbiy birlashmalarini oʻz ichiga olgan, advokatura nomi bilan ataluvchi huquq muassasasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatadi (qarang Advokatura)."Advokatura toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunida advokatning yordamchisi boʻlishi mumkinligi koʻrsatilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Advokat" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil