Sergi Barjuán

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sergi Barjuán
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sergi Barjuán Esclusa
Tavallud sanasi 28-dekabr 1971-yil (1971-12-28) (52 yosh)
Tavallud joyi Les Franqueses, Ispaniya
Boʻyi 1.72 m
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1978—1988 Granollers
1988—1990 Barcelona
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990—1992 Barcelona C
1992—1993 Barcelona B 42 (4)
1993—2002 Barcelona 267 (6)
2002—2005 Atlético Madrid 85 (0)
Milliy terma jamoa
1990 Ispaniya U18 1 (0)
1993—1994 Ispaniya U21 5 (0)
1994—2002 Ispaniya 56 (1)
1998—2004 Cataloniya 4 (0)
Boshqargan klublari
2009—2011 Barcelona (yoshlar)
2012—2014 Recreativo
2015 Almería
2017 Mallorca
2017—2019 Zhejiang Greentown
2021—2022 Barcelona B
2021 Barcelona (interim)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sergi Barjuán Esclusa (talaffuzi: Serji Barjuan) (1971-yil 28-dekabrda tugʻilgan), Sergi nomi bilan tanilgan, ispaniyalik sobiq professional futbolchi, chap qanot himoyachisi, hozirda murabbiy.

„Barselona“dagi faoliyati bilan mashhur boʻlib, u toʻqqiz mavsum davomida asosiy jamoada oʻynagan va toʻqqizta yirik chempionlikni qoʻlga kiritishga katta hissa qoʻshgan. Professional klubdagi debyutidan koʻp oʻtmay Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan va u ikkita Jahon chempionati hamda ikkita Yevropa chempionatlarida ishtirok etgan.

2009-yilda Barjuán „Rekreativo“, „Almeriya“ va „Malyorka“ klublarini boshqarib, murabbiylik faoliyatini boshlagan.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kataloniyaning Barselona shahridagi Les Franqueses del Vallès shahrida tugʻilgan Sergi "Barselona " akademiyasida tahsil olgan. Keyinchalik u asosoiy jamoaga chaiqirilgan. 1999-yilgacha xar mavsumda 31 tadan kam oʻyin oʻtkazmagan va jamoaning shubhasiz asosiy oʻyinchisiga aylangan[1][2].

Murabbiy Lui van Gal bilan yuzaga kelgan muaommolardan soʻng, Sergi „ Atletiko Madrid“ga qoʻshilgan[3].

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Barselona"ning asosiy tarkibiga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay, Sergi Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan. Jamoadagi debyutini 1994-yil 9-fevralda Polsha bilan Santa-Kruz-de-Tenerifeda oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida amalga oshirgan[4]. U 1994-yilgi FIFA Jahon chempionati, UEFA Yevro 1996, 1998-yilgi Jahon chempionati va Yevro 2000da qatnashgan. Terma jamoa libosida jami 56 ta oʻyin oʻtkazgan[5].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barselona (yoshlar)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil iyul oyida, bir necha yil marketing va yoshlar uchun futbol lagerlarida ishlagandan soʻng, Barjuan „Juvenil B“ murabbiyi sifatida Barselonaga qaytgan[6]. Oʻz faoliyati davomida u Jerar Deulofeu, Patrik va Rafinyaga ustozlik qilgan, ular oxir-oqibat kattalar jamoasida ham oʻynashgan[7].

Recreativo[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barjuan professional jamoalar orasida birinchi ishini 2012-yil 22-mayda boshlagan. U Segunda Divisiónda Recreativo de Huelva jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolagan[8]. 18-avgust kuni oʻzining debyutida u Xerez CDga qarshi bahsda 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan[9].

El Dekanodagi ikkinchi yilida Barjuan soʻnggi kuni pley-off yoʻllanmasini qoʻldan boy bergan. Keyin u 2014-yil iyun oyida shartnomasini bekor qilgan va uning oʻrniga Xose Luis Oltra kelgan[10][11].

Almeria[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barjuan 2015-yilning 6-aprelida ishdan boʻshatilgan Xuan Ignasio Martinesni oʻrniga „UD Almeria“ga bosh murabbiy etib tayinlangan[12]. Uning bosh murabbiyligidagi birinchi oʻyini ikki kundan keyin boʻlib oʻtgan, sobiq klubi „Barselona“ga safarda 4:0 hisobida magʻlub boʻlgan[13].

2015-yil 3-oktabrda Barjuan CD Tenerifega qarshi oʻz uyida 2:2 hisobidagi durangdan soʻng klubdan chetlatilgan[14].

Mallorca[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barjuan oʻz faoliyatini 2017-yil aprel oyida RCD Mallorcada davom ettirgan[15]. U mavsum oxirida shartnomasi tugaganidan keyin klubdan ketgan[16].

Zhejiang Greentown[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 26-noyabrida 45 yoshli Barjuan oʻz faoliyatida ilk bor xorijga koʻchib oʻtgan va keyingi ikki mavsumda Xitoyning Birinchi Liga jamoasi „Zhejiang Greentown FC“ni boshqargan[17]. U 2019-yil 4-iyulda klubdan chetlatilgan[18].

Barselona B[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil iyun oyida Barjuan ikki yillik shartnoma asosida „Barselona Atletic“ga Fransisko Xaver Garsiya Pimientaning oʻrniga tayinlangan[19]. 28-oktyabr kuni Ronald Kuman ishdan boʻshatilgach, Barjuan asosiy tarkibga vaqtinchalik rahbarlik qilib tayinlangan[20]. Ikki kundan soʻng, debyutida uning jamoasi „Deportivo Alaves“ bilan 1:1 hisobida durang oʻynagan[21]. Ikkinchi oʻyinda Chempionlar ligasi guruh bosqichida "Dinamo Kiev"ga qarshi oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan[22].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Yevropa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Barcelona 1993—1994 La Liga 23 0 4 1 8 0 35 1
1994—1995 34 1 3 0 8 0 45 1
1995—1996 40 0 6 0 7 2 53 2
1996—1997 34 1 8 0 7 0 49 1
1997—1998 31 2 8 1 8 0 47 3
1998—1999 35 0 5 1 5 0 45 1
1999—2000 19 1 6 0 6 0 31 1
2000—2001 33 1 6 0 13 0 52 1
2001—2002 18 0 0 0 7 0 25 0
Jami 267 6 46 3 69 2 382 11
Atlético Madrid 2002—2003 La Liga 26 0 4 0 - 30 0
2003—2004 32 0 5 0 - 37 0
2004—2005 27 0 1 0 3 0 31 0
Jami 85 0 10 0 3 0 98 0
Karyerada jami 352 6 56 3 72 2 480 11

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ispaniya
Yil Oʻyin Gol
1994-yil 11 1
1995-yil 6 0
1996-yil 9 0
1997-yil 4 0
1998-yil 9 0
1999-yil 5 0
2000-yil 7 0
2001-yil 4 0
2002-yil 1 0
Jami 56 1

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barselona

Ispaniya U21

  • 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati uchinchi oʻrin: 1994-yil[23]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „El 'Dream Team' de Cruyff“ (ispancha). La Vanguardia (1-noyabr 2006-yil). Qaraldi: 22-mart 2018-yil.
  2. Blanco. „Sergi, el reto que nace en Barcelona“ (ispancha). ESPN Deportes (7-aprel 2015-yil). Qaraldi: 22-mart 2018-yil.
  3. Torelló, Roger. „Presentación con ilusión“ (ispancha). Mundo Deportivo (16-iyul 2002-yil). Qaraldi: 10-dekabr 2014-yil.
  4. Ortiz, Fabián. „España empata, pero gusta“ (ispancha). Mundo Deportivo (10-fevral 1994-yil). Qaraldi: 10-dekabr 2014-yil.
  5. Tylko, Ignacio. „Sergi Barjuan, mejor defensa que entrenador“ (ispancha). El Correo (28-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 29-oktabr 2021-yil.
  6. „Sergi Barjuán, nuevo técnico del Juvenil "B" del Barcelona“ (ispancha). ABC (3-iyul 2009-yil). Qaraldi: 17-dekabr 2009-yil.
  7. „Sergi Barjuan se enfrentará a ocho de sus pupilos en la cantera del Barça“ (ispancha). Mundo Deportivo (24-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 29-oktabr 2021-yil.
  8. „Sergi Barjuán, confirmado como nuevo entrenador del Recreativo“ (ispancha). Sport (22-may 2012-yil). Qaraldi: 19-iyun 2012-yil.
  9. „"La derrota, injusta; han hecho dos goles casi sin tirar a puerta"“ (ispancha). Diario de Jerez (19-avgust 2012-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2021-yil.
  10. „José Luis Oltra, nuevo entrenador del Recreativo de Huelva“ (ispancha). Europa Press (27-iyun 2014-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2021-yil.
  11. Cabrera, Paco. „Paco Herrera se suma a la lista“ (ispancha). La Provincia (30-iyun 2014-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2021-yil.
  12. „Sergi Barjuan es el nuevo entrenador del Almería por lo que resta de temporada“ (ispancha). UD Almería (6-aprel 2015-yil). Qaraldi: 9-aprel 2018-yil.
  13. „El líder cumple con su parte“ (ispancha). Marca (8-aprel 2015-yil). Qaraldi: 10-aprel 2015-yil.
  14. „El Almería destituye a Sergi Barjuan como entrenador del primer equipo“ (ispancha). UD Almería (3-oktabr 2015-yil). 2015-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2015-yil.
  15. Payarols, Lluís. „Sergi Barjuán, nuevo entrenador del Mallorca“ (ispancha). Sport (4-aprel 2017-yil). Qaraldi: 29-oktabr 2021-yil.
  16. „Sergi Barjuan deja el cargo de entrenador del Mallorca“ (ispancha). Diario AS (12-iyun 2017-yil). 2021-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart 2018-yil.
  17. „Sergi Barjuan, nuevo entrenador del Hangzhou Greentown chino“ (ispancha). Diario AS (26-noyabr 2017-yil). 2021-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart 2018-yil.
  18. Trullols, Joan. „Sergi Barjuán, cesado como entrenador del Zhejiang Greentown“ (ispancha). Sport (4-iyul 2019-yil). Qaraldi: 23-avgust 2020-yil.
  19. „Sergi Barjuan is the new Barça B coach“. FC Barcelona (17-iyun 2021-yil). Qaraldi: 17-iyun 2021-yil.
  20. „Sergi Barjuan, caretaker coach of FC Barcelona“. FC Barcelona (28-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2021-yil.
  21. Sharma, Rik. „Barcelona 1–1 Alaves: Memphis ends drought but Rioja has last laugh“. Sport (30-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 31-oktabr 2021-yil.
  22. Bell, Arch. „Ansu Fati fires Barcelona past Dynamo Kyiv“. Marca (2-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2021-yil.
  23. Aguilar, Francesc. „España pierde la inocencia“ (ispancha). Mundo Deportivo (16-aprel 1994-yil). Qaraldi: 2-noyabr 2021-yil.