Saroyberka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saroyberka, Yangi Saroy - Oltin Oʻrdattg poytaxti. Berkaxon tomonidan bunyod etilgan (taxminan 1260). 14-asrning 1-yarmida ravnaqtopgan. S.B. nafaqat Oltin Oʻrda, balki butun oʻrta asr Yevropasining eng katta shaharlaridan biri sifatida shuhrat topgan. 1333 y. S.B.ga kelgan Ibn Battutaning guvoxlik berishicha, S.B. kaftday tekislikda qurilgan shaharlar sirasiga kirib, odamlar bilan toʻla boʻlgan, ajoyib bozorlari, keng koʻchalari kishini hayratga solgan. S.B.ning aholisi 75 ming kishi atrofida boʻlib, ular moʻgʻul, alan(os), qipchoq, cherkas, rus hamda vizantiyaliklardan iborat boʻlgan. Shaharda hunarmandchilik ustaxonalari,turli tuman korxonalar, savdosotiq rastalari, karvonsaroylar ishlab turgan. Shaharning butunlay harobaga aylanish vaqti haqida aniq maʼlumot yoʻq. Sharq va Gʻarbni bogʻlovchi Buyuk ipak yoʻlida joylashganS.B.ning koʻpdan koʻp binolari rus podshosi Fedor Ivanovichning 1578 yildagi farmoniga koʻra, buzilgan va Astraxon sh. qurilishi uchun ishlatilgan. Harobalari Volgograd viloyatidagi Sarev qishlogʻida saqlangan. S.B.da A.V.Tereshchenko (1843—51), F.B.Ballod (1922), G.A.FyodorovDavidov (1959 — 67) qazish ishlari olib borishgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • FyodorovDavidov G.A., Obshestvenniy stroy Zolotoy Ordi, M., 1973; Yegorov V.L., Istoricheskaya geografiya Zolotoy Ordi v XIII—XVI vv., M., 1985.

Hamidulla Dadaboyev.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil