Cherkaslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Cherkaslar (oʻzlarini — adige deb atashadi) — Qorachoy Cherkasiyadagi xalq (40,2 ming kishi). RFda jami 50,7 ming kishi (1990- yillar oʻrtalari). Turkiya va Old Osiyoning boshqa mamlakatlarida kelib chiqishi Shim. Kavkazdan boʻlgan barcha aholini Ch. deb ataydilar. Umumiy soni 270 ming kishi (1990- yillar oʻrtalari). Kabardin-cherkas tilida soʻzlashadi. Dindor Ch. — sunniy musulmonlar.