Berkaxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Berkaxon (rus solnomalarida — Berkay) (12091266) - Oltin Oʻrda xoni (1255—66). Chingizxonning nabirasi, Joʻjixonning uchinchi ugʻli, Botuxonning ukasi. B. uz davlatining harbiyiqtisodiy qudratini oshirish uchun hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirishga katta ahamiyat bergan, shu maqsadda u 1257 yil bosqoqlik harbiysiyosiy tashkilotini tuzib, uning vositasi bilan Oltin Oʻrdaga tobe yerlarda, jumladan Rusda mahalliy hokimiyat ustidan nazorat oʻrnatgan, aholini yalpi roʻyxatga olib, soliq undirish sistemasini tartibga solgan. Mugʻullar Eronni bosib olib, Bagʻdodni zabt etgach (1258), B. Ozarbayjonni Oltin Oʻrdaga qoʻshib olish maqsadida hulokuiylarta qarshi kurash boshlagan, bu borada u oʻziga ittifoqchi izlab Misr sultoni Beybars bilan yaqin diplomatik aloqalar oʻrnatgan. 1264 yil B. Hulokuxonga qarshi qoʻshin tortib, uni Kura daryosi sohilida magʻlub etgan, ammo 1265 yil Ozarbayjonga yana yurish qilganda toʻsatdan vafot etgan. B. hukmronligi davrida Oltin Oʻrda aholisi islom diniga kiritila boshlagan, ikkinchi poytaxt —’ Saroy Berka qurilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil