Samarqand viloyati (Rossiya imperiyasi)
| ||||
---|---|---|---|---|
Markazi | Samarqand | |||
Asos solingan yili | 1887-yil | |||
Maydoni |
60 597,6 km² (68 962 km²) | |||
Aholisi |
860 021 kishi (1897) |
Samarqand viloyati 1887-yil 1 yanvarda sobiq Zarafshon okrugi oʻrnida tuzilgan. Tarkibiga Samarqand, Kattaqoʻrgʻon, Jizzax va Xoʻjand uyezdlari kirgan. Maydoni 68962 kv.km. Sv. aholisi 1897-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra, 857847 kishidan iborat boʻlib, shundan erkaklar — 472915, ayollar — 384932, shahar aholisi — 135568 kishini (umumiy miqdorning 15,7%) tashkil etgan. Aholisining taxminan 68% oʻzbeklar, 23% qozoqlar va tojiklardan iborat boʻlib, shuningdek, ruslar, yahudiylar, loʻlilar, tatarlar, afgʻonlar, hindlar va boshqa yashagan. Oʻtroq aholining asosiy kismini oʻzbek va tojiklar, koʻchmanchi aholi esa qozoqlardan tashkil toptan. Oʻtroq aholi, asosan, dehqonchilik, koʻchmanchi aholi esa chorvachilik bilan mashgʻul boʻlgan.
Samarqand viloyati shaharlarida kustar hunarmandchilik yaxshi, fabrika zavod sanoati esa, sust rivojlangan. Viloyatda 24 ta paxta tozalash zavodi, 5 ta vino, 2 ta pivo zavodi boʻlgan (1897). Samarqand viloyati (Rossiya imperiyasi)dan chetga sholi, paxta, mayiz, quruq meva, un, teri, chorva, jun, ipak, yongʻoq, vino chikarilgan. Samarqand viloyati (Rossiya imperiyasi) aholisi Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi koʻplab chiqishlar qilgan. Ayniqsa, 1916-yilgi Oʻrta Osiyo qoʻzgʻolonida viloyat aholisi faol ishtirok etgan (qarang Jizzax qoʻzgʻoloni). 1924-yil Oʻrta Osiyo respublikalarida milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilishi munosab?.ti bilan Samarqand viloyati (Rossiya imperiyasi) tugatilgan.[1]
Hududiy boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
XX asr boshlarida Samarqand viloyati 4 uezdga boʻlingan:
№ | Uezd | Uezd shahari | Maydoni |
Aholisi[2] (1897), kishi. |
---|---|---|---|---|
1 | Jizzax | Jizzax (15 710 kishi.) | 25 812,0 | 222 683 |
2 | Kattaqoʻrgʻon | Kattaqўrғоn (10 087 kishi.) | 6 997,6 | 110 006 |
3 | Samarqand | Samarqand (55 128 kishi.) | 7 751,3 | 342 197 |
4 | Xoʻjand | Xўjand (30 109 kishi.) | 20 036,7 | 185 135 |
Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Uezad[3] | Oʻzbeklar | Tojiklar | Qirg'izlar | Qozoqlar | Sartlar | Ruslar |
---|---|---|---|---|---|---|
Viloyat qisshloqlar | 59,0 % | 26,8 % | 7,3 % | 2,3 % | 2,1 % | 1,5 % |
Jizzax | 65,2 % | 2,2 % | 23,1 % | … | 7,6 % | … |
Kattaqoʻrgʻon | 90,9 % | 7,2 % | … | … | 0,04% | … |
Samarqand | 48,6 % | 36,0 % | … | 1,1 % | 0,1% | 2,4 % |
Xoʻjand | 50,9 % | 33,3 % | 6,2 % | 7,8 % | 0,2% | 1,2 % |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedДемоскоп Weekly
- ↑ http://demoscope.ru/weekly/ssp/emp_lan_97_uezd.php?reg=820
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |