Nil Likoshin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nil Sergeyevich Likoshin
Tavalludi 1860-yil
Vafoti 1922-yil
Kasbi sharqshunos, etnolog, pedagog
Faoliyat yillari 1880-1922
Unvoni General mayor
Bolalari 2
Onasi Sofiya Ivanovna

Nil Sergeyevich Likoshin (18601922) – Turkiston oʻlkasini tadqiq etgan rus sharqshunosi; asli harbiy, Turkiston general-gubernatorligi maʼmuriyati tizimida bir qancha masʼul lavozimlarda ishlagan. 1917-yil yanvar da isteʼfoga chiqqan. 1918—1920-yillarda Toshkentdagi Turkiston xalq universitetida etnografiya va turkiy tillardan dars bergan. Etnologik-arxeologik kuzatishlar olib borgan. Ilmiy oʻlkashunoslikka oid 800 ga yaqin maqola va risolalar yozgan. Likoshinning „Yarim umr Turkistonda“ kitobi Turkiston xalqlarining etnologiyasiga oid muhim manba sanaladi. Sharq olimlarining koʻplab asarlarini arab va oʻzbek tilidan rus tiliga tarjima qilgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nil Likoshin 1860-yilda Pskov viloyatida zodagonlar oilasida tugʻilgan. Otasi erta vafot etgan. Onasi – Sofiya Ivanovna, uchta yosh bolasi bilan qolgan. Oʻrta maktabni Sankt-Peterburgda oʻqigan. 20 yoshida Pavlovskiy harbiy kollejini tamomlagan[1]. Oʻrta Osiyoga artilleriyachilar jalb qilinayotganini bilib, Toshkentga borishga qaror qiladi. Likoshin 1880-yilda ikkinchi leytenant darajasidan 1913-yilda general-mayor darajasiga koʻtarildi. Shuningdek, Samarqand viloyatining harbiy gubernatori lavozimini egallagan. Arxiv materiallarida uning shaxsiy varaqasida quyidagi ma'lumotlar qayd etilgan:

1880-yildan Turkiston dala artilleriyasida xizmat qilgan.

1882-yil – Turkiston brigadasining 1-batalyonida xizmat qilish uchun yuborilgan.

1883-yil – leytenant lavozimiga tayinlangan.

1888-yil – yuqori darajadagi xizmatlari uchun shtab kapitanligi topshirildi.

1889-yil – Turkiston viloyatining maʼmuriy va politsiya boshqaruvida xizmat qilish uchun yuborilgan.

1889-yil – Oʻratepa okrugi politsiyasi xodimi.

1890-yil – Toshkent shahar boshligʻi yordamchisi.

1895-yil – Toshkentda militsiya boshligʻi.

1897-yil – Chimkent okrugi boshligʻining yordamchisi.

1902-yil – Samarqand viloyati yer soligʻi komissiyasining komissari

1906-yil – Xoʻjand okrugi boshligʻi[2].

1907-yil – qabul komissiyasida qatnashish uchun Toshkentga qaytib kelgan.

1909-yil – Xoʻjandda cherkov va rus maktablarining faxriy qoʻriqchisi etib tayinlangan.

1912-yil – Amudaryo boʻlimi boshligʻi, 1913-yilga kelib General-mayor lavozimiga koʻtarilgan[3].

1914-yil – Samarqand viloyati harbiy gubernatori[4].

1917-yil 16-fevralda lavozimidan ozod etilgan.

Nil Likoshin Turkistondagi faoliyatining eng yuqori choʻqqisi 1914-yil 22-aprelda Samarqand viloyatining harbiy gubernatori lavozimiga tayinlangani edi. Bu lavozimga ikkita nomzod bor edi – Likoshin va Sankt-Peterburg tomonidan koʻtarilgan Nechayev. Yakuniy qaror chiqarish masalasini Turkiston general-gubernatori – A. V. Samsonov hal qilishi kerak edi. A. V. Samsonov Nil Likoshin foydasiga oʻz tanlovini amalga oshirgan. 1917-yil 5-yanvarda Likoshin Toshkentga chaqirilgan. Unga oʻz hokimiyatidan kelib chiqib bozorlarda shakar narxini pasaytirgan degan ayb qoʻyilgan. Oʻsha davrdagi gazetalar uning sud jarayoni haqida maqolalar chop etishgan. 1917-yil 16-fevralda Turkiston general-gubernatori A. N. Kuropatkin tomonidan lavozimidan ozod etilgan. Uning oilasi Samarqanddan Toshkentga koʻchib oʻtgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Лыкошин Нил Сергеевич“. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  2. „На перепутье: генерал-востоковед Н.С.Лыкошин и восстание 1916 года в Средней Азии“. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  3. „ЛЫКОШИН Нил Сергеевич“. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  4. „Прогулки по Ташкенту“. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  5. Alimova D. Самарқанд ва Зарафшон воҳаси тарихи замонавий тадқиқотларда. Cамарқанд ўқишлари. Тошкент: Akademnashr, 2020 — 130-131 bet. ISBN 978-9943-6499-7-2. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Xoroshiy ton“ na Vostoke, Petrograd, 1915; Pol jizni v Turkestane, Petrograd, 1916.