Salome Zurabishvili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Salome Zurabishvili
სალომე ზურაბიშვილი

Salome Zurabishvili 2024-yilda
 5-Gruziya Prezidenti
 
Mansab davri
16-dekabr 2018-yil
Bosh vazir Mamuka Baxtadze
Giorgi Gaxariya
Irakliy Garibashvili
Irakliy Kobaxidze
Oʻtmishdoshi Georgi Margvelashvili
 Gruziya parlamenti deputati
 
Mansab davri
18-noyabr 2016-yil – 22-dekabr 2018-yil
Oʻtmishdoshi Zaza Papuashvili
Vorisi Lado Kaxadze
Parlament guruhi Mustaqil
Saylov okrugi Mtatsminda
 Gruziya Tashqi ishlar vaziri
 
Mansab davri
20-mart 2004-yil – 18-oktyabr 2005-yil
Prezident Mixail Saakashvili
Bosh vazir Zurab Jvaniya
Zurab Nogaideli
Oʻtmishdoshi Tedo Japaridze
Vorisi Gela Bejuashvili
Gruziya yoʻli rahbari
Mansab davri
11-mart 2006-yil – 12-noyabr 2010-yil
Oʻtmishdoshi Partiya shkil etilgan
Vorisi Kaxa Seturidze
 Fransiyaning Gruziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi
 
Mansab davri
oktyabr 2003-yil – 20-mart 2004-yil
Prezident Jacques Chirac
Oʻtmishdoshi Mireille Musso
Vorisi Philippe Lefort
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-mart 1952-yil (1952-03-18) (72 yosh)
Parij, Fransiya
Millati

Gruzin

Fransuz (2018-yilgacha)
Siyosiy partiyasi Gruziya yoʻli (2006-2011)[1]
Mustaqil (2011 — hozirgi kungacha)
Turmush oʻrtogʻi
  • Nikolay Gorjestani
    (turm. 1981; ajr. 1992)
  • Janri Kasiya
    (turm. 1993; vaf. 2012)
Bolalari 2
Qarindoshlari Niko Nikoladze (katta bobosi}
Hélène Carrère d'Encausse (amakivachchasi)
Istiqomat joy(lar)i Atoneli qarorgohi, Tbilisi, Gruziya
Taʼlim Parij siyosiy tadqiqotlar instituti
Columbia universiteti
Imzosi


Salome Zurabishvili[lower-alpha 1] (fransuzcha: Salomé Zourabichvili, gruzincha: სალომე ზურაბიშვილი, gruzincha talaffuzi: saɫome zuɾabiʃʷili, 1952-yil 18-martda tugʻilgan) — fransuz va gruziyalik siyosatchi, sobiq diplomat, 2018-yildan Gruziyaning beshinchi prezidenti. Salome Zurabishvili Gruziya prezidenti etib saylangan birinchi ayol prezident hisoblanadi[2]. 2024-yilda kuchga kiradigan konstitutsiyaviy oʻzgarishlar natijasida Zurabishvili Gruziyaning xalq tomonidan saylangan soʻnggi prezidenti boʻlishi kutilmoqda. Boʻlajak davlat rahbarlari bilvosita parlament saylovchilar kollegiyasi tomonidan saylanadi.

Shaxsiy va oilaviy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ajdodlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niko Nikoladze va uning oilasi, 1902-yil

Salome Zurabishvili 1921-yilda Qizil Armiya Gruziya Demokratik Respublikasiga bostirib kirishi ortidan Fransiyaga qochib ketgan gruziyalik emigrantlar oilasida tugʻilgan[3]. Uning otasi, kasb-hunar muhandisi Levan Zurabishvili koʻp yillar davomida Fransiya Gruziya uyushmasi (AGF) raisi boʻlib ishlagan[4]. Levan XIX asr oxirlarida sotsial-demokratik partiya aʼzosi boʻlgan, Rossiya imperiyasi davrida Gruziya liberal ziyolilarining nufuzli rahbari boʻlgan tadbirkor, filantrop va gruzin siyosatchisi Niko Nikoladzening (1843-1928) ona tomondan nabirasi[5]. Uning onasi Zaynab Kedia (1921-2016) Gruziya Demokratik Respublikasi xavfsizlik xizmati rahbari Melkisedek Kedianing qizi edi[6].

Salome Zurabishvilining bitta ukasi bor. Otar Zurabishvili—shifokor, yozuvchi va AGFning 2006-yildan beri raisi[7]. Salome Zurabishvili hamda Otar Zurabishvili Fransiya akademiyasining aʼzosi boʻlgan tarixchi Hélène Carrère dʼEncausse va faylasuf Fransua Zurabichvilining amakivachchalaridir[8].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salome Nino Zurabichvili 1952-yil 18-martda Parijda tugʻilgan va 1921-yilda Gruziya Demokratik Respublikasi qulaganidan beri Parij va Leuville-sur-Orge oʻrtasida joylashgan Fransiyadagi gruzinlar jamoasida oʻsgan[3]. Gruziyaning surgundagi hukumati bilan yaqin aloqada boʻlgan taniqli muhojir oilasida tarbiyalangan, diaspora uning bolaligida mamlakat bilan boʻlgan yagona aloqasi boʻlib, bir vaqtlar shunday degan edi:

Temir parda tushishidan oldingi yillarda Gruziya bilan aloqa yoʻq edi - na xatlar, na gazetalar, na tashriflar. Biz uchun u faqat kitoblarda mavjud boʻlgan afsonaviy mamlakat edi[3].

Talabalik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salome Zurabishvili 1969—1972-yillarda Parij siyosiy tadqiqotlar institutida tahsil olgan.

17 yoshida Zurabishvili bakalavr natijalarini oldi. Bu unga 1969-yil sentyabr oyida Parij siyosiy tadqiqotlar institutiga „dahshatli tayyorgarlik yilida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻqishga kirish imtiyozi“ imkonini berdi[9]. 1970-yil may oyida uning „1917 va 1923-yillar oraligʻida Yevropada inqilob va aksilinqilob“ mavzusidagi yakuniy imtihon mavzusini tanlash unga institutda oʻqishni kafolatladi[9]. Keyinchalik 2019-yilda maktab Rerum novarum, Kulturkampf va Aleksandr II islohotlari mavzusidagi natijalarini „gʻalaba“ deb taʼriflagan[9].

1970-yilda Zurabishvili Xalqaro fanlar boʻlimiga qoʻshildi, diplomatik xizmat yoʻliga institutning 4000 nafar talabasidan faqat ozchilik kirgan, ulardan uchdan biri ayollar edi[9]. U bir qator taniqli fransuz professorlari, jumladan, tarixchilar Jean-Baptiste Duroselle, Louis Chevalier, uning amakivachchasi Hélène Carrère dʼEncausse va Parij siyosiy tadqiqotlar institutida dars beradiagan yagona ayol xalqaro huquqshunos Suzanne Bastid kabi bir qancha taniqli fransuz professorlari qoʻlida tahsil olgan[9]. Zurabishvili oʻz taʼlimini Sovet dunyosiga qaratdi va 1972-yil iyul oyida Parij siyosiy tadqiqotlar institutini tugatdi[9].

Parij siyosiy tadqiqotlar instituti Bosh kotibi René Henry-Gréardning tavsiya maktubida, ikkinchisi uni „uyatchanligi“ga qaramay, „alohida fazilatlarga“ ega boʻlgan talaba sifatida tasvirlangan[9]. Zurabishvili 1972-1973 yillarda Columbiya universitetiga oʻqishga kirdi. Universitetda uch tomonlama komissiya direktori boʻlgan Zbignev Bjezinskiy uni Sovet siyosati va Sovuq urush diplomatiyasi boʻyicha oʻqitgan[10].

Zurabishvilining soʻzlariga koʻra, diplomatiya sohasida kasb tanlash bir kun kelib Gruziyaga yordam berishda muhim rol oʻynashga umid qilish bilan bogʻliq[3].

Oʻqituvchilik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zurabishvili 2006-yilda Parij siyosiy tadqiqotlar institutiga qaytdi, bu safar Gruziya Tashqi ishlar vaziri lavozimidan ketganidan koʻp oʻtmay professor sifatida ish boshladi[9]. Salome Zurabashvili 2014-yilgacha Parij xalqaro munosabatlar maktabida ishladi, yirik davlatlarning tashqi siyosati, postsovet dunyosi, SSSR parchalanganidan keyin Yevroosiyoning rivojlanishi va uning qulashi sabablaridan dars bergan[9]. Bu postda u inqiroz davridagi Yevropa Ittifoqi taraqqiyotini akademik tahlil qildi[9]. Bir talaba keyinchalik uning darslarini „muhim bahslarni ragʻbatlantiruvchi“ deb taʼriflaydi[9].

Zurabishvili Parij siyosiy tadqiqotlar instituti taxsil olgan birinchi davlat rahbari va ayol professori hisoblanadi[9].

Shaxsiy va oilaviy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon banki iqtisodchisi Nikolas Gorjestani bilan birinchi turmushidan Zurabishvilining ikki farzandi bor: Kethevane (France 24 jurnalisti[11]) va Teimouraz (fransuz diplomati[12]). 1993-yilda u Fransiyada siyosiy qochqin boʻlgan nufuzli gruzin yozuvchisi va jurnalisti, ikkinchi turmush oʻrtogʻi Janri Kashiaga uylandi. Kashia 2012-yilda vafot etgan[13].

Zurabishvili fransuz va gruzin tillaridan tashqari ingliz va italyan tillarida bemalol soʻzlasha oladi[14].

Fransiyadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zurabishvili 1974-yilda Fransiya diplomatik xizmatiga kirish uchun oʻqishni tashlab ketdi[15]. 1977-yilgacha Fransiyaning Rimdagi elchixonasiga uchinchi kotib sifatida yuborildi[16], shundan soʻng 1980-yilgacha Fransiyaning BMTdagi Doimiy vakolatxonasining ikkinchi kotibi lavozimida faoliyat olib bordi[17]. Tajribali diplomat Jak Lepret qoʻl ostida ishlagan holda Zurabishvili 1978-yil oktyabr va 1980-yil yanvar oylarida Fransiyani BMT Xavfsizlik Kengashiga ikki marta raislik qilgan.

Parijga qaytgach, Salome Fransiya Tashqi ishlar vazirligining Siyosatni rejalashtirish boʻlimi xodimi boʻlib ishladi, 1984-yilda Vashingtondagi Fransiya elchixonasining birinchi kotibi sifatida AQShga qaytib keldi[18]. AQShga qaytgach, Elchi Emmanuel de Margerie boshchiligida, siyosiy va harbiy boʻlimda ishlagan va AQSh-Sovet munosabatlariga eʼtibor qaratgan[3]. Aynan shu lavozim paytida u 1986-yil onasini olib, birinchi marta Gruziyaga tashrif buyurgan[3]. 1988-yildan 1989-yilgacha Salome Vena shahriga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik konferensiyasidagi Fransiya missiyasining birinchi kotibi sifatida yuborilgan va u oddiy kuchlarni qisqartirish boʻyicha fransuz muzokaralar guruhini boshqargan[19].

1989—1992-yillarda Chaddagi Fransiya elchixonasining ikkinchi maslahatchisi boʻldi[19]. Uning Chaddagi muddati Fransiya tomonidan qoʻllab-quvvatlangan davlat toʻntarishi natijasida Idriss Déby tomonidan hokimiyatni qoʻlga kiritish bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi.

1992-yilda Zurabishvili Fransiyaning Gʻarbiy Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili oʻrinbosari boʻlishdan oldin, 1993-yildan 1996-yilgacha Fransiyaning NATOdagi doimiy vakolatxonasiga birinchi kotib etib tayinlandi[19].

1996—1997-yillarda Parijdagi Tashqi ishlar vazirligida texnik maslahatchi lavozimida ishlagan.

2003—2004-yillarda Zurabishvili Fransiyaning Gruziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi boʻlgan[19].

Gruziya siyosati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi ishlar vaziri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zurabishvili AQSh Davlat kotibi Colin Powell bilan 2004 yilda

Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili uni yangi hukumatda tashqi ishlar vaziri lavozimiga taklif qildi. Zurabishvili 2004-yil 18-martda Gruziyada bu lavozimga tayinlangan birinchi ayol boʻldi[20].

Zurabishvili BMT Xavfsizlik Kengashining Eronga qarshi sanksiyalar qoʻmitasiga yordam beruvchi ekspertlar guruhining koordinatori boʻlgan[21].

Gruziya tashqi ishlar vaziri sifatida Zurabishvili 2005-yil 19-mayda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan imzolangan Rossiya harbiy bazalarini Gruziya hududidan olib chiqish boʻyicha kelishuvning asosiy muzokarachisidir[22]. Zurabishvilining tashqi ishlar vaziri boʻlgan davrida Ukraina, Litva, Latviya, Estoniya, Ruminiya, Bolgariya, Chexiya va Polshani birlashtirgan „Gruziyaning yangi doʻstlari guruhi“ Gruziyaning NATOga boʻlgan intilishlariga yordam berish va Yevropa ittifoqini qoʻllab-quvvatlash uchun tuzildi.

Zourabishvili 2005-yil 19-oktyabrda parlament aʼzolari bilan boʻlgan bir qator tortishuvlardan soʻng bosh vazir Zurab Nogaideli tomonidan ishdan boʻshatildi[23]. U Gruziyaning bir qator elchilari tomonidan ham qattiq tanqid qilingan. Uning ishdan boʻshatilishi eʼlon qilinishidan biroz oldin, Zurabishvili vazirlik davrida unga maosh toʻlashda davom etgan Fransiya tashqi ishlar xizmatidan isteʼfoga chiqdi va siyosat bilan shugʻullanish uchun Gruziyada qolishini eʼlon qildi.

Siyosiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zurabishvili 2009-yilda muxolifat lideri Goga Xaindrava bilan

2005-yil noyabr oyida Zurabishvili „Salome Zurabishvili harakati“ tashkilotini tuzdi. 2006-yil yanvar oyida u Gruziya yoʻli yangi siyosiy partiyasi tashkil etilganini eʼlon qilib, mamlakatdagi „de-fakto bir partiyaviy tizimni“ tanqid qildi[24]. Zurabishvili Gruziyada maʼlum darajada obroʻ-eʼtiborga ega boʻlsa-da, uzoq muddat siyosiy sohada oʻzini koʻrsata olmadi. 2006-yil 5-oktabrda Tbilisida boʻlib oʻtgan shahar kengashiga saylovda okrugning atigi 2,77 foizi uning partiyasiga ovoz bergan. Olti oy oldin Gruziyaning haftalik nashri Kviris Palitra oʻtkazgan soʻrovda Zurabishvili prezidentlik saylovlarida 23,1% ovoz toʻplashini koʻrsatgan edi.

Gruziya muxolifatining 2009-yilda prezident Mixail Saakashvilini isteʼfoga majburlash kampaniyasi doirasida Zurabishvili 2009-yil 26-mart kuni Tbilisida muxolifatning yana uchta taniqli arbobi — Nino Burjanadze, David Gamkrelidze va Eka Beseliya bilan birgalikda norozilik yurishini oʻtkazdi[25].

2010-yil 12-noyabrda Zurabichvili Gruziya yoʻli yetakchiligidan ketishini eʼlon qildi. Uning oʻrniga Kaxa Seturidze keldi[26]. Siyosatdan ikki yillik taʼtildan soʻng, u 2013-yilgi prezidentlik saylovlari oldidan Gruzin orzusini omma oldida maʼqulladi[27]. Koʻp oʻtmay, Gruziya Markaziy saylov komissiyasi uni Gruziya-Fransiya fuqaroligi boʻlganligi sababli prezidentlikka nomzod sifatida roʻyxatga olishdan bosh tortdi[28].

2016-yil 8-oktabrda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida Zurabishvili Tbilisining Mtatsminda tumani vakili boʻlgan mustaqil deputatlik mandatini qoʻlga kiritdi. 18-noyabr kuni Zurabishvili deputat boʻldi. Deputatlik davrida Salome parlamentning Diaspora va Kavkaz masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlgan[29].

2018-yilgi Gruziya prezidentlik saylovlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 20-aprelda televideniyega bergan intervyusida Zurabishvili 2018-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi haqida „hech qanday gap-soʻz boʻlmasligini“ aytdi. 2018-yil 6-avgust kuni hovlisida oʻtkazilgan brifingda u saylovda ishtirok etish istagini bildirdi. 2018-yil 16-avgustda u prezidentlik kampaniyasini rasman Imereti viloyati, Didi Jixayshi qishlogʻidagi ajdodlari Niko Nikoladze uy-muzeyidan boshladi.

2018-yilning 23-avgustida, saylovlarga ikki oy qolganda, Zurabishvili prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun Fransiya fuqaroligidan voz kechdi. Gruziya konstitutsiyasiga koʻra, ikki fuqarolik shaxsi prezident, bosh vazir yoki parlament raisi lavozimlarini egallashi mumkin emas. 2018-yil 9-sentabrda Gruziya orzusi partiyasi Zurabishvilining prezidentlik saylovlarida mustaqil nomzodini qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qildi.

Prezident saylovi 2018-yilning 23-oktabr kuni boʻlib oʻtdi. Zurabishvili 38,64 foiz ovoz (615 572 ovoz) oldi va Birlashgan muxolifat nomzodiga qarshi saylovning ikkinchi bosqichida ishtirok etishini taʼminladi. 28-noyabr kuni prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Zurabishvili 59,52% ovoz (1 147 625 ovoz) olib, raqibi Grigol Vasadzeni magʻlub etib, Gruziya tarixidagi birinchi ayol prezident boʻldi.

Gruziya Prezidenti (2018-yildan hozirgacha)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zourabishvili Fransiya prezidenti Emmanuel Macron bilan.
Zurabichvili Yevropa Kengashi prezidenti Charles Michel bilan.

Inauguratsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

16-dekabr kuni Telavi shahridagi Erekle II saroyida Gruziyaning 5-prezidentining inauguratsiyasi boʻlib oʻtdi. Zurabishvili marosimga Fransiyada ishlayotgan gruziyalik dizayner Jaba Diasamidze tomonidan yaratilgan Gruziya bayrogʻi ranglari boʻlgan oq va qizil libosni kiygan.

Tadbirda jami 1800 nafar mehmon ishtirok etdi. Tashkilotchilar qaroriga koʻra, sogʻligʻida muammosi boʻlganlardan tashqari barcha mehmonlar tik turib kutib olishdi. Inauguratsiya marosimida Gruziyaning 4-prezidenti Georgi Margvelashvili va uning rafiqasi, Butun Gruziya katolikos-patriarxi Ilya II, Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan, Fransiyaning sobiq prezidenti Nicolas Sarkozy va boshqa delegatsiyalar vakillari ishtirok etishdi.

Ichki siyosat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zurabishvilining prezident sifatidagi ilk yillik hisoboti 2019-yil 6-mart kuni parlamentning 9-chaqiriqiga taqdim etilgan[30].

2021-yil 20-aprel kuni Zurabishvili Yevropa kengashi prezidenti Charles Michel sharafiga rasmiy kechki ovqat berdi. Kechki ovqatda Yevropa ittifoqining Gruziyadagi elchisi Carl Hartzell va AQSh elchisi Kelly Degnan ishtirok etdi.

Koronavirus pandemiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 10-mart kuni prezident Zurabishvili koronavirus pandemiyasi sababli Bolgariya, Belgiya va Ukrainaga rejalangan tashriflarini bekor qildi. Oʻsha yilning 21-mart kuni u mamlakatda favqulodda holat eʼlon qildi. Favqulodda holat bir oy davom etishi kerak edi. Ammo 2020-yil 21-aprelda prezident 21-maygacha uzaytirgan.

2020-yil 22-dekabr kuni Zurabishvili Orbeliani saroyida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Hans Klugeni qabul qildi. Uchrashuv chogʻida Gruziya tomonidan pandemiya davrida sogʻliqni saqlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar va COVID-19 vaksinasi bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi. 2021-yilning 26-yanvarida Zurabishvili Jeneva xalqaro muzokaralari hamraisi, Yevropa Ittifoqining Janubiy Kavkaz va Gruziyadagi inqiroz boʻyicha maxsus vakili Toivo Klaar bilan uchrashdi.

Tashqi siyosat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salome Zurabichvili, Moldova prezidenti Maia Sandu, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Yevropa kengashi prezidenti Charles Michel 2021-yil Batumida boʻlib oʻtgan xalqaro konferensiya davomida.

Zurabishvili Gruziya prezidenti sifatida koʻplab mamlakatlarga tashrif buyurgan va xorijiy davlatlar rahbarlari bilan uchrashgan. 2019-yil 25-sentabr kuni Zurabishvili Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida nutq soʻzladi. Zurabishvili oʻz nutqida Gruziyada kechayotgan siyosiy jarayonlar, sogʻliqni saqlash va iqlim oʻzgarishlari haqida gapirdi.

2020-yil yanvar oyida Belgiyaga, fevralda esa Fransiya va Afgʻonistonga tashrif buyurdi. Shuningdek, Ukraina, Armaniston, Germaniya, Polsha, Latviya, Ozarbayjon va boshqa koʻplab davlatlarga tashrif buyurgan.

Zurabishvili Nancy Pelosi bilan

2022-yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Gruziyadagi ommaning fikri Rossiyaga qarshi qattiqlashdi va 3-mart kuni bu davlat Moldova bilan birgalikda Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish uchun rasmiy ariza berdi. Gruziya orzusi partiyasi raisi Irakliy Kobaxidze Yevropa Ittifoqi organlarini „favqulodda vaziyatda“ arizani koʻrib chiqish va Gruziyaga Yevropa Ittifoqi aʼzoligiga nomzod maqomini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga chaqirdi[31].

2022-yil may oyida DW News nashriga bergan intervyusida Zurabishvili Gruziya Rossiyaga qoʻyilgan xalqaro moliyaviy sanksiyalarga toʻliq rioya qilishini taʼkidladi. Zurabishvili taʼkidlashicha, Makron boshchiligidagi Fransiya ham, Scholz boshchiligidagi Germaniya ham 2008-yil avgustida Rus-Gruzin urushi oldidan oʻz pozitsiyasini oʻzgartirgan va hozirda ekspansion siyosatni qabul qilmoqda[32].

Turar joy va moliyalashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tbilisidagi Orbeliani saroyidagi prezidentning rasmiy qarorgohi

Zurabishvili prezidentlik kampaniyasi chogʻida, agar saylansa, 2009-yilda Mixail Saakashvilining prezidentligi davrida ochilgan Gruziya tantanalar saroyida ishlamasligini maʼlum qilgan edi. Saylanganidan soʻng u toʻrtinchi prezident bilan Gruziya tantanalar saroyida uchrashdi, ammo uning maʼmuriyati Tbilisining markaziy qismidagi Atoneli koʻchasidagi Orbeliani saroyiga koʻchib oʻtdi[33]. 2018-yil 18-dekabr kuni u birinchi marta Atoneli qarorgohiga tashrif buyurdi. Ommaviy axborot vositalari uni kiraverishda kutib olishdi va Zurabishvili ofisga piyoda kelganiga urgʻu berishdi[34].

Zurabishvilining idorasi kichikroq qarorgohga koʻchib oʻtish bilan bir qatorda, byudjetni sezilarli darajada qisqartirishga duch keldi. 2019-yilgi byudjetga koʻra, prezident maʼmuriyatini moliyalashtirish 3,5 million yevrodan sal koʻproqqa qisqartirildi. Natijada, sobiq xodimlarning aksariyati ishdan boʻshatildi, ulardan faqat 60 nafari maʼmuriyatda qoldi[35].

Oʻzgarishlar, shuningdek, 5 million funt sterlingni tashkil etgan va stipendiyalar, taʼlim dasturlari va boshqa turli loyihalarni moliyalashtirgan Prezident jamgʻarmasining tugatilishiga olib keldi. Bu qaror sobiq prezident Georgi Margvelashvili va sobiq birinchi xonim Maka Chichua uning qolishini targʻib qilganlar tomonidan qattiq tanqid qilindi[36].

Xorijiy mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lenta paneli Mamlakat/Shaxs Mukofot
Fransiya Chevaliver Faxriy legion ordeni (2003)[37]
Fransiya Milliy xizmatlari uchun ordeni[38]
Italiya Italiya yulduzi ordeni (1978)[38]
Italiya Italiya Respublikasining xizmatlari uchun ordeni (2022)[39]
Quddus yunon pravoslav patriarxiyasi Muqaddas qabr ordeni (2020)[40]
Kipr Makarios III ordeni (2021)[41]

Yozgan kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Une femme pour deux pays ["Ikki mamlakat uchun ayol"] Salome Zurabishvili (Grasset nashriyoti, 2006) ISBN 978-2246695615
  • საქართველოსკენ ["Gruziya tomon"] Salome Zurabishvili (Litera nashriyoti, 2005) ISBN 978-9941-21-321-2
  • Les cicatrices des nations ["Millatlar yarasi"] Salome Zurabishvili (François Bourin nashriyoti, 2008) ISBN 978-2849410752
  • La tragédie géorgienne ["Gruziya fojiasi"] Salome Zurabishvili (Grasset nashriyoti, 2009) ISBN 978-2246753919
  • L’exigence démocratique ["Demokratik ehtiyoj"] Salome Zurabishvili (François Bourin nashriyoti, 2010) ISBN 978-2849412206

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zurabichvili familiyasining fransuz tarjimasidan foydalanadi; Ingliz tarjimasi Zurabishvili

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Presidential Candidate Apologizes for Unethical Address to Reporters“. Georgia Today on the Web. 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-avgust.
  2. Nino Burjanadze Parlament spikeri sifatida qisqa muddatga ikki marta prezident vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagan.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 Boustany, Nora. „A Georgian Reborn, Still Straddling Two Cultures“ (2004-yil 4-iyun). Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  4. „Mort de Levan Zourabichvili“ (PDF). Tavisuplebis Tribuna. 1975-04-01. 16-bet. Qaraldi: 2022-09-26.
  5. „Georgian president: in my childhood I never thought I'd return to France as a president“. Agenda.ge (2019-yil 18-fevral). Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  6. „სალომე ზურაბიშვილის დედა, ზეინაბ კედია გარდაიცვალა“ [Zeinab Kedia, mother of Salome Zourabichvili, has died] (ka). Fortuna.ge (2016-yil 22-fevral). Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  7. Piffaretti, Alain „Leuville-sur-Orge, berceau de la communauté géorgienne francilienne“ [Leuville-sur-Orge, cradle of the Georgian community in France] (fr). Les Echos (2022-yil 22-iyul). Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  8. Zourabichvili, François. Deleuze: A Philosophy of the Event. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2012 — 38 bet. ISBN 978-0-7486-4562-6. 
  9. 9,00 9,01 9,02 9,03 9,04 9,05 9,06 9,07 9,08 9,09 9,10 9,11 „SALOMÉ ZOURABICHVILI, ALUMNA AND PRESIDENT“. Sciences Po. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  10. Gibbons, Jim „SALOMÉ ZOURABICHVILI A PORTRAIT AND EXCLUSIVE INTERVIEW“. Europe Diplomatic (2020-yil 9-mart). Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  11. „PRESIDENT ZOURABICHVILI'S DAUGHTER APPOINTED TO WHITE HOUSE“. Business Media Georgia (2022-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  12. Momtaz, Rym „Inside Macron's diplomacy: Tension, turf wars and burnouts“. Politico Europe (2020-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  13. „ჯანრი კაშია“. National Parliamentary Library of Georgia. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  14. „Biography“. President.ge. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  15. „Biography“. Council of Women World Leaders. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  16. „Extrait de la fiche de Mme Salomé ZOURABICHVILI“ (fr). LesBiographies.com. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  17. Tsotniashvili, Etuna „Opposition Leader takes UN Security Council job“. The Messenger (2010-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  18. „Salomé Zourabichvili“ (fr). Intelligence Online (2001-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  19. 19,0 19,1 19,2 19,3 „Curriculum Vitae“. Sciences Po Academia. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  20. Henry Foy (25 October 2018), Frenchwoman frontrunner to become Georgiaʼs next president Financial Times.
  21. „სალომე ზურაბიშვილი (1952)“. www.nplg.gov.ge.
  22. A Georgian victory as Russia will quit 2 bases New York Times, 31 May 2005.
  23. Georgia, Civil „Civil.Ge – Foreign Minister Zourabichvili Sacked“. www.civil.ge.
  24. Quentin Peel and Isabel Gorst (31 October 2007), Liberal laboratory at Russiaʼs door Financial Times.
  25. Georgian Opposition Mulls More Radical Forms Of Protest Radio Free Europe/Radio Liberty, 27 May 2009.
  26. „The Messenger – Opposition Leader takes UN Security Council job“. www.messenger.com.ge.
  27. Former Georgian Foreign Minister Zurabishvili Endorses Saakashvili Rival Radio Free Europe/Radio Liberty, 12 July 2012.
  28. Georgia Election Board Rejects Former Foreign Minister Radio Free Europe/Radio Liberty, 3 September 2013.
  29. Liz Fuller (1 November 2016), Will Georgiaʼs Ruling Party Use Super-Majority For Common Good Or To Further Own Interests? Radio Free Europe/Radio Liberty, 3 September 2013.
  30. „President Salome Zurabishvili delivering annual report in parliament“. www.1tv.ge.
  31. Beard, Nadia. „Georgia speeds up EU application in policy U-turn“. Guardian News & Media Limited (2022-yil 7-mart).
  32. „Putin's next target? Interview with Georgian President Salome Zourabichvili“. DW News. YouTube (2022-yil 3-may).
  33. „Where Will Georgia's New President Live?“. Georgiatoday.ge (2018-yil 29-noyabr). 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.
  34. „Salome Zurabishvili arrives at Atoneli Presidential Palace“. 1tv.ge (2018-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.
  35. „New Georgian president will have less funding: details on the inauguration and new residence“. jam-news.net (2018-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.
  36. „Margvelashvili Calls on Gov't Not to Abolish Presidential Fund“. Georgiatoday.ge (2018-yil 10-dekabr). 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.
  37. „Décret du 17 avril 2003 portant promotion et nomination“ [17 April 2003 Decree on Promotions and Nominations] (fr). Legifrance.gouv.fr (2003-yil 17-aprel). Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  38. 38,0 38,1 „Zourabichvili Salomé“. Mémoires de Guerre (2019-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  39. „Le onorificenze della Repubblica Italiana“.
  40. „VISIT OF THE PRESIDENT OF GEORGIA AT THE PATRIARCHATE“ (2020-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  41. „Anastasiadis: The demands of the Turkish side for changing the agreed solution base are unacceptable“. News Bulletin 24/7 (2021-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Siyosiy idoralar
Oldingisi Tashqi ishlar vaziri
2004–2005
Keyingisi
Oldingisi Gruziya prezidenti
2018 - hozirgi kungacha
Amaldagi