Fransiya akademiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Fransiya akademiyasi

Fransiya akademiyasi (fransuzcha: Académie française) — Fransiya milliy madaniyati, fanining yirik vakillari hamda siyosiy arboblari uyushmasi. 1635-yil kardinal A.J. Rishelye tomonidan tashkil etilgan. 40 aʼzodan iborat doimiy tarkibga ega. Turli davrlarda J.B. Kolber, J. Rasin, P. Kornel, D’Alamber, Volter, Sh. Kondamin, V. Gyugo, L. Paster, A. Frans va boshqa uning aʼzosi bulishgan. Asosiy vazifasi — fransuz tilini takomillashtirish va fransuz tili lugʻatini nashr etishdan iborat. Fransiya instituti tarkibiga kiradi.