Runik yozuv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Katta runalar
Kichik runalar

Runik yozuvgermanlarda 2—3-a.lardan to oʻrta asrlar oxirigacha qoʻllangan alifbo; lotin yozuvi tarqalishi munosabati bilan isteʼmoldan qolgan. R.yo belgilari, yaʼni runalar, asosan, metallga, toshga va yogʻochga oʻyib yozilgan, shuning uchun ular oʻziga xos uchli, nayzasimon koʻrinishga ega boʻlgan. Angliya, Islandiya va Grenlandiyada, Skandinaviyada, Shim. Yevropaning bir qancha hududlarida tarqalgan. Katta (umumgerman) runalari hamda kichik (skandinav) runalari oʻzaro farqlanadi. Katta Runik yozuvning tili biron-bir qad. german tiliga oʻxshamaydi, undagi bitiklar (150 ga yaqin), asosan, qurol va taqinchoklarga, shuningdek, toshlarga yozilgan. Kichik R.yo esa qad, skandinav tillari yodgorliklari hisoblanadi, ularni, asosan, toshlardagi bir necha jumladan iborat xotira yozuvlari (yodnomalar) tashkil etadi. Katta runalar 24 ta, kichik runalar 16 ta boʻlgan.

Qad. turkiy yozuvlar, yaʼni urxunenisey yozuvlari ham fin va boshqa yevropalik olimlar tomonidan "Runik yozuv" deb atalgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil