Isteʼmol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Isteʼmol — iqtisodiy ehtiyojlarni qondirish jarayonida moddiy va maʼnaviy neʼmatlardan foydalanish, takror i.ch. jarayonining oxirgi bosqichi. I. turiga koʻra, ishlab chiqarish isteʼmoli va noishlab chiqarish I. ga boʻlinadi. Ishlab chiqarish isteʼmoli i. ch. jarayonida xom ashyo, mashina, yoqilgʻi, yordamchi materiallar va b. ishlab chiqarish vositalarining , hamda ishchi kuchi (jismoniy va maʼnaviy energiya)ning sarflanishini bildiradi. Shu sababli i.ch. isteʼmolchi bevosita i. ch. jarayoniga kiradi. Noishlab chiqarish isteʼmoli i . ch . doirasidan chetda yuz beradi. Bu jarayonda isteʼmol buyumlaridan foydalaniladi yoki ular tamomila I. etiladi. Bunday I. aholi I. (yoki shaxsiy I.) va ijtimoiy I. (umumiy ijtimoiy I.)ga boʻlinadi. Shaxsiy I. jarayonida kishilarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, dam olish, salomatlikni saklash kabi bevosita shaxsiy ehtiyojlari qondiriladi. Umumiy ijtimoiy I. ga boshkarish, fan, mudofaa va b.ga boʻlgan ehtiyojlarni qondirish kiradi.

I. ning asosini moddiy neʼmatlarni i.ch. tashkil qiladi va i. ch. ning asosiy maqsadi I. ga xizmat qilishdan iborat. Oʻz navbatida I. ham i.ch. ga taʼsir koʻrsatadi. I. ch. bilan I. oʻrtasidagi bogʻlanish taqsimot va ayirboshlash orqali amalga oshadi. U yoki bu mamlakatda, u yoki bu tarixiy davrlarda I. ning umumiy darajasi, aholi farovonligining oʻsishi ishlab chikaruvchi kuchlarning rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi (qarang Isteʼmol meyorlari).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil