Skandinaviya yarim oroli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Skandinaviya yarim oroli - Yevropaning shim.gʻarbidagi yarim orol. Shim.dan jan.ga qariyb 1900 km ga choʻzilgan, eni 800 km gacha (Yevropada eng yirik yarim orol). Boltiq, Shimoliy, Norvegiya va Barens dengizlari suvi oʻrab turadi. Materikdagi chegarasi shartli ravishda Botnik qoʻltigʻidan Varangerford qultigʻigacha boʻlgan joydan oʻtgan. Skandinaviya yarim orolio.da Norvegiya, Shvetsiya va Finlandiya shim.gʻarbiy qismi joylashgan. Shimoliy va gʻarbiy qirgʻoklari fordlar bilan kuchli parchalangan, arxipelag va orol koʻp. Yarim orolning jan. qismi Skagerrak boʻgʻozi va Boxus qultigʻi orqali ikkiga ajralgan. Sharqi va janubidagi past, qiya sohil qismi kichikroq buxtalar bilan parchalangan. Skandinaviya yarim orolio.ning gʻarbiy va shim. qismida Skandinaviya togʻlari (eng baland joyi — 2469 m, Galxyopiggen togʻi), sharqida pastroq Norland yassitogʻligi (eng baland joyi 800 m), janubida morenali pasttekislik, undan janubroqda gʻarb, sharq va jan.dan sohilbuyi pasttekisliklari bilan chegaralangan gumbazsimon Smoland qiri (eng baland joyi 377 m) bor. Skandinaviya yarim orolio. Boltiq qalqoni va kaledon burmali strukturasida joylashgan. Materik muzlanishining Yevropadagi markazi hisoblangan Skandinaviya yarim orolio.dagi muzning qalinligi ayrim joylarda 1500 m ga yetgan. Foydali qazilmalardan temir, mis rudalari, titan va qoʻrgʻoshin, shelf qismida neft konlari bor. Skandinaviya yarim orolio.ning aksari qismi moʻʼtadil mintaqa, chekka shim. qismi subarktika mintaqasida. Gʻarbida qishi yumshoq dengiz iqlimi (yanv.ning oʻrtacha temperaturasi shimolida —4°dan janubida 2° gacha), yozi birmuncha salqin (8—14°). Yillik yogʻin 1000–3000 mm. Skandinaviya togʻlari tepalarida yanvar ning oʻrtacha temperaturasi —16° gacha, iyulda 6— 8°. taxminan 5000 km² maydon muz bilan qoplangan. Skandinaviya yarim orolio.ning sharqiy qismida moʻʼtadil iqlim kontinental iqlimga oʻtib boradi, yanvar ning oʻrtacha temperaturasi shimda —15° dan janubida —3° gacha, iyulniki 10—17°, yillik yongʻin 300–800 mm. Daryo koʻp, sersuv, serostona. gidroenergiya zaxirasiga boy. Koʻl kup, ular tektonik harakatlar va muzlik natijasida vujudga kelgan. 40% dan ortiq maydoni oʻrmon. Gʻarbida torf botqokdiklari, janubida aralash va keng bargli oʻrmonlar bor. Chekka shimoli tundra. Yarim orolda oʻrmon hayvonlaridan los, tulki, kuyon, shimolida bugʻu yashaydi. Qush koʻp. Qirgʻoqqa yaqin suvlari baliqqa boy.