Qunduz Mirkarimova
Qunduz Mirkarimova | |
---|---|
Tugʻilishi |
3-avgust 1925-yil |
Vafoti |
11-iyun 2019-yil (93 yoshda) Toshkent |
Mukofotlari |
![]() |
Qunduz Mirkarimova (1928.8.3, Toshkent — 2019.6.11) — raqqosa, baletmeyster va pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1966).[1] Tamaraxonim nomidagi balet maktabida taʼlim olgan (1937—41), Katta teatr (Moskva) krshidagi xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1951). Yangiyul musiqali drama va komediya teatrida (1943-46), Muqimiy teatrida (1946-49), Navoiy teatrida (J 95 1 −53), Oʻzbekiston davlat filarmoni-yasida (1953 — 56) yakka raqqosa. „Bahor“ ansamblida yakka raqqosa va pedagogrepetitor (1957—67), badiiy rahbar (1979—88), Toshkent davlat milliy rake va xoreografiya oliy maktabida pedagog (1964-79 va 1988 yildan; 1996 yildan professor). Mirkarimova ijrosidagi raqslar samimiy, nafis va jozibadorligi, harakatlari shoʻx va joʻshqinligi bilan ajralib turadi. „Gʻayratli qiz“, „Katta oʻyin“, „Xorazmcha raqs“, „Uygʻurcha rake“, „Rohat“, „Jonon“, „Nay navosi“, „Bahor tongi“, „Tanavor“, „Zang oʻyin“, „Pomircha raqs“, „Dildor“, „Gulrux“, „Gulnoz“ kabi mumtoz, xalq, zamonaviy va boshqa xalqlar raqsini mahorat bilan ijro etgan. Shuningdek, u maqom kuylariga tushgan raqslari bilan mashhur.
Baletmeyster sifatida oʻzbek raqs sanʼatining eng yaxshi anʼanalarini rivojlantirdi. U mumtoz, xalq va zamonaviy raqslarni sahnalashtirgan. „Xotira“, „Ona qalbi“ kompozitsiyalari, „Mustazod“, „Zang“, „Oʻzbekiston qizlari“, „Navroʻz“, „Doira raqsi“, „Tanavor 2“, „Tanavor 3“, „Siynaxiroj“, „Surnay navosi“. „Ey sarvi ravon“, „Oʻzbek miniatyurasi“, „Hamsa“, „Katta buxorcha“ kabi ommaviy, „Nasri segoh“, „Savti munojot“, „Togʻ qizi“, „Dilxiroj“, „Oʻrik gullaganda“, „Nurxon“, „Oʻyna, oʻyna Gulnora“ kabi yakka raqslari oʻzbek xoreografiyasining oltin fondidan oʻrin olgan. Bir qancha chet davlatlar (Fransiya, Yaponiya, Avstriya, Xindiston, Sudan, Liviya, Misr va boshqalar)da gastrolda boʻlgan. „Doʻstlik“ (1997) ordeni va „Shuxrat“ medali (1994) bilan mukofotlangan.[2]
Manbalar[tahrir]
- ↑ Oʻzbek sanʼati ogʻir
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 3-avgustda tugʻilganlar
- 1925-yilda tugʻilganlar
- Shaxsiyatlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 11-iyunda vafot etganlar
- 2019-yilda vafot etganlar
- Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Shuhrat medali sohiblari
- Kishilar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekiston xalq artistlari