Baletmeyster

Baletmeyster (nemischa: ballettmeister — balet ustasi) — balet spektakllari, xoreografik chiqishlar, opera, operetta, dramatik spektakllardagi raqs sahnalarining muallifi va sahnalashtiruvchisi yoki rejissyori[1][2]. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va Ozarbayjonda milliy musiqali drama spektakllari uchun raqslarni sahnaga qoʻyuvchilar ham baletmeyster deyiladi.
Baletmeyster baletda butun spektaklning xoreografik shaklini libretto asosida, musiqa ritmi va ohanglariga mos qilib ishlab chiqadi va raqqos(a)larga oʻrgatadi. Baletmeyster baletda bosh ijodkor boʻlsa, boshqa janrlarda yordamchi hisoblanadi.
Oʻzbekistonda Qunduz Mirkarimova, Galiya Izmaylova, Bernora Qoriyeva, Kodir Moʻminov, Yulduz Ismatova, Viloyat Oqilova va Maʼmura Ergashevalar kabilar yetakchi baletmeysterlar hisoblanadi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.
- ↑
„Baletmeyster“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. (B-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Musiqa haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |