Katta teatr (teatr)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Katta teatr, Rossiya davlat akademik katta teatri —opera va balet sanʼati sohasidagi Rossiyaning yetakchi teatri, jahon musiqali teatri madaniyatining yirik markazlaridan. 1776 y. Moskvada tashkil topgan. 1806 y.dan davlat teatri, 1919 y.dan "akademik teatr". K. t. tarixi rus musiqali teatrining rivojlanishi, rus opera va balet ijrochiligi sanʼatida milliy anʼanalarning karor topishi bilan uzviy bogliq. Dastlab ilk rus operalari (V. Pashkevich va b.) hamda Fapbiy Yevropa kompozitorlari (J. Pergolezi va b.)ning mashhur asarlari qoʻyilgan. K.t. rivoji va vokal-sahna sanʼati badiiy-realistik omillarining shakllanishida, ayniqsa M. Glinka va A. Dargomijskiy, keyinchalik, M. Musorgskiy, N. Rimskiy-Korsakov, A. Borodinlarning operalari tarixiy bosqich boʻldi. P. Chaykovskiyning opera va baletlari ijrochilik madaniyati rivojida ulkan ahamiyat kasb etdi. G. Ulanova, M. Plisetskaya, Ye. Maksimova, V. Vasilyev, M. Liyepa kabi balet ijrochilarining sanʼati K.t.ga katta shuhrat keltirgan. Opera xonandalik sanʼatiga N. Obuxova, I. Kozlovskiy, S. Lemeshev, I. Arxipova, Ye. Obrazsova, V. Atlantov, 3. Sotkilava va b. katta hissa qoʻshgan.

K.t. ijodiy hayotining ayrim bosqichlari oʻzbek opera va balet sanʼati rivoji bilan bogʻliq. Jumladan, 20-y.lardayok, A. Nejdanova, L. Sobinov, A. Pirogov singari mashhur yakkaxonlar Toshkentda gastrolda boʻlgan. Keyinchalik A. Baturin, P. Lisitsian, A. Krivchenya va b. xonandalar, R. Struchova, M. Plisetskaya, N. Pavlova, M.Liyepa kabi solistlari Navoiy nomidagi opera va balet teatri spektakllarida bosh rollarda chiqishgan. 1968 y. K.t. ijodkorlari Oʻzbekistonda gastrolda boʻlgan. Bundan tashqari M. Plisetskaya, N. Rijenko, V. Smirnov-Golovanov va rassom V. Levental Toshkentda R. Shchedrinning "Anna Karenina" va Yu. Papko U. Musayevning "Afsonalar vodiysi" (1977) baletlarini sahnalashtirishgan.

K.t. sahnasida 1926 y.da M. Qoriyoqubov boshchiligidagi Oʻzbek konsert-etnografik ansambli konsertlar bergan, Navoiy nomidagi opera va balet teatri bir necha bor (1937, 1950, 1959, 1964, 1973, 1981, 1983, 1986 y.lari) oʻz repertuaridagi spektakllarni namoyish etgan. K.t. truppasi U. Musayevning "Hind dostoni" baletini sahnalashtirgan (1981).

K.t. binosi 1821—24 y.larda (meʼmor O. Bove, V. Mixaylov loyihasi boʻyicha) qurilgan, 1853 y.da unga oʻt tushib, 1856 y.da qayta tiklangan (meʼmor A. Kavos); besh yarusli tomosha zali 2150 oʻrinli, akustik jihatdan niqoyatda sifatli, 1961 y.dan K.t. spektakllari parallel ravishda Kreml sʼyezdlar saroyida ham qoʻyilmokda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil