Quatboy Abdreimov
Quatboy Abdreimov | |
---|---|
Tavalludi |
24-may 1937-yil |
Vafoti |
8-avgust 2014-yil (77 yoshda) Toshkent |
Mukofotlari |
![]() ![]() |
Quatboy Abdreimov (1937.24.5, Qoraqalpogʻiston, Taxtakoʻpir tumani) — qoraqalpoq aktyori va rejissor Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgan (1963). Qoraqalpoq televideniyesida rejissor (1963-68), bosh rejissor (1968-71), Qoraqalpoq teatrida direktor va bosh rejissor (1973-79), 1979-yildan rejissor Sahnalashtirgan asarlari: „Otello“ (U.Shekspir, Otello rolini oʻzi ijro etgan), „Momo yer“ (Ch. Aytmatov), „Abu Rayhon Beruniy“ (T.Seytjanov), „Berdaq“ (J.Oymurzayev), „Bilmayin bosdim tikonni“ (I.Sulton), "Temir xotin (Sh. Boshbekov), „Ernazar olakoʻz“ (A.Oʻtaliyev) va boshqa A. birinchi qoraqalpoq kino aktyori. "Oʻzbekfilm va „Qozoqfilm“ kinostudiyalarida ishlangan 20 dan ortiq filmlarda suratga tushgan : Alijon („Hamza“), Ergash („Otalar vasiyati“), Valijon („Afsonadagi qiz“), Zaripboy („Boʻysunmas“) va boshqa Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofotining laureati (1973). "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |