Joʻlmurza Oymurzayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Joʻlmurza Oymurzayev (1910, Chimboy tumani —1996, Nukus) — shoir va dramaturg, Oʻzbekiston (1981) va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi (1974). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1957). Mehnat faoliyatini maktabda oʻqituvchilikdan boshlagan, soʻng gaz. Va jurnal tahririyatlarida ishlagan, bir necha yil davomida Qoraqalpogʻiston yozuvchilari uyushmasini boshqargan (1944—51; 1958—62). "Oʻzbekxronikalfilm" studiyasining Qoraqalpogʻiston filialida rahbar, katta muharrir (1968—84). Ijodiy faoliyati 1927 yildan boshlangan. "Kurash" (1935), "Biz kurashda gʻolib chiqdik" (1938) dostonlari yangi qoraqalpoq sheʼriyatining shakllanishi va rivojiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. O. "Qahramonona kurash" (1942), "Mening pahlavonlarim" (1943), "Taskin" (1946), "Shoir soʻzi" (1949), "Yosh avlodga" (1951), "Shonli doʻstlar" (1954), "Nurli yoʻldan" (1955), "Amudaryo boʻyida" (1958), "Odamlar, men sizlarni sevaman" (1978) va boshqa sheʼriy va nasriy kitoblar muallifi.

O. dramaturg sifatida "Byurokratlar", "Leytenant Yeshmuratov" (1943), "Oygul va Obot" (1946—62), "Berdaq" (1958—77), "Ravshan" (1959), "Sevikli doktor" (1960), "Hayot bulogʻi" (1967) singari pyesalar yaratgan. "Koʻmekboyning nayranglari" (1958) birinchi qoraqalpoq hajviy romani va "Yetim qalbi" (1961—67) memuar qissasi mashhur. O. rus, yevropa va oʻzbek adabiyo-tining namunalarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureata (1968).

Manbalar[tahrir]

  • Asarlar [2 j.li], T., 1961—62; Saylanma [2 j.li], T., 1980.