Sharof Boshbekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sharof Boshbekov
Tavalludi 4-yanvar 1951-yil
Vafoti 26-yanvar 2022-yil(2022-01-26)
(71 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Sharof Boshbekov Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi Gʻubir qishlogʻida 1951-yil 4-yanvarda tugʻildi. 2022-yilning 26-yanvarida vafot etdi[1]. 1974-yili Sanʼat institutining musiqali aktyorlik boʻlimini tugatdi. Toshkentdagi „Muqimiy“ musiqali teatrida, Gulistondagi teatrda aktyor sifatida faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1983-1985) Oʻzbekiston Milliy teatrida (1986-1987) adabiy xodim boʻldi.

Uning „Taqdir eshigi“, „Eski shahar Gavroshlari“, „Temir xotin“ kabi asarlari teatrlar repertuarlaridan munosib oʻrin egallagan. Inchunin, „Temir xotin“ komediyasi sobiq ittifoq respublikalarining barchasida sahnalashtirilgan.

U kino sohasida ham ijod qildi. Uning stsenariylari asosida „Yuzsiz“, „Tilla bola“, „Temir xotin“, „Ma'ruf va Sharif“, „Masxaraboz“ kabi filmlar suratga olingan. Ayniqsa, „Charxpalak“ teleseriali mashhur boʻldi.

Sharof Boshbekov dramaturgiyasining kuchi (sehri) asar syujetida emas, gʻaroyib xarakterlar va tilidadir.

„Temir xotin“ asari uchun dramaturg Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotiga sazovor boʻldi. Oʻzbek kino sanʼati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoniga loyiq koʻrildi (1999-yil). 2001-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlandi.

Asari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://m.kun.uz/news/2022/01/26/dramaturg-sharof-boshbekov-vafot-etdi