Obelisk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Obelisk (yun. obeliskos — six) — meʼmorial inshoot turi; yodgorlik. Yuqori (uchi)ga tomon ingichkalashib boradigan, asosan, toʻrtburchaksimon (kvadrat tarhli) qirrali ustun. Tarixiy shaxs yoki voqealar xotirasini abadiylashtirish maqsadida oʻrnatiladi. Dastlab Qad. Misrda paydo boʻlgan, saroy va ibodatxonalar oldiga yodgorlik sifatida oʻrnatilgan. Misrdan olib ketilgan yaxlit O.lardan Yevropada shaharsozlik maqsadlarida foydalanilgan. Oʻzbekistonda O. 20-asr boshlaridan qurila boshlagan. 1941—45 yillar urushida halok boʻlgan jangchilarga atab Samarqand, Buxoro, Urganch va boshqa shaharlarda O.lar yodgorlik sifatida bunyod etilgan. Zamonaviy meʼmorlikda O. monumental sanʼatning keng tarqalgan turi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil