Koʻn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Koʻn — mol, echki, qoʻy va boshqa hayvonlar terisidan tayyorlangan charm turi. K. ning bedona, amirkon, xrom (xrom tuzlari bilan ishlov berilgan), shagren (qoʻy, echki terisidan tayyorlangan), upuka (buzoq, terisidan tayyorlangan) xillari bor. Qadimda K.ni mahalliy kosib-koʻnchilar oʻz xonadonlarida tay-yorlaganlar. Baʼzi mahalla va qishloqlar koʻnchilikka ixtisoslashtirilgan. 20-asr boshlariga kelib koʻnchilikning sanoat usuli paydo boʻldi. Oʻzbekiston hududidagi vdaharlarda koʻn zavodlari qurila boshladi. Dastlab bu zavodlar teri zavodi, teri ishlash zavodi, keyinchalik kun zavodlari deb nomlangan. "Kun" atamasining mazmuni bir muncha kengayib, umuman pishirilgan mol terisining barcha turlarini oʻz ichiga oladigan maʼno kasb etgan (yana q. Koʻn-poyabzal sanoati, Koʻnchilik).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil