Qironqora (qush)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qironqora
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: Qarchigʻaysimonlar
Urugʻ: Aquila
Turlari: Qironqora
Xalqaro ilmiy nomi
Aquila heliaca Savigny, 1809

Qironqora[1] (lotincha: Aquila heliaca) — qarchig’aylar oilasiga mansub yirik yirtqich qush, burgut bo’ladi. Yevrosiyoning dasht va o’rmon-dasht zonasida sharqda Baykal ko’ligacha va Xitoyning markaziy hududlarida uyalaydi. O’rmon orollari yoki alohida turgan baland daraxtlarda ochiq joylarda yashaydi.  U o’rta hajmdagi kemiruvchilarni ovlaydi - suslik, qumtosh, sug’ur, mayda quyonlar, ba'zi o’rta bo’yli qushlar.

Tashqi ko'rinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moskva hayvonot bog'idagi qironqora

Yetarlicha uzun keng qanotlari va tekis dumga ega bo’lgan katta yirtqich qush. Uzunligi 72-84 sm, qanotlarini qoqqanda 180-215 sm, vazni 2,4-4,5 kg.ni tashkil etadi[2]. Ko’pincha qironqora berkut bilan taqqoslanadi, chunki ikkala yirtqich qushlarning chambarchas bog’liqligi va bir-biriga o’xshashi va ularning tarqalishi ham bir-biriga mos keladi. Qironqora biroz kichikroq, dumi qisqaroq va torroq (berkutning dumi xanjar, yelpig’ich shaklida) va berkutga qaraganda tanasining ko’p qismi to’q jigarrang, deyarli tim qorarang egallagan. Agar qironqora bo’ynida och sariq-malla patlari tutashgan bo’lsa, unda bu qush sezilarli darajada yorqinroq – somon tusga ega bo’ladi. Bundan tashqari, oq dog’lar - "epoletlar" ko’pincha yelkalarida paydo bo’lishi mumkin.

Bunday yirtqich qushlarning ikkala turida ham birlamchi momiq patlarining ustki qismi qora, pastki qismi to’q jigarrang zangori yo’lli chiziqlar ichki qanotlarining asoslarida namoyon bo’ladi. Ikkilamchi bo’lgan patlari to’q jigarrang, pastki qismi kulrang-jigarrangdan qora-jigarranggacha, shuningdek, bilinar-bilinmas yo’lli chiziqlar bilan ifodalangan. Parvoz patlari fonida qanot ostidagi qoplamalar ancha to’qroq, jigarrang-qora ko’rinadi. Dumi qora va kulrang tuslarni o’zida uyg’unlashtirgan marmar naqshga ega. Qironqoralarning haqiqiy ko’rinishi 6-7 yoshda bo’ladi[3]. Bir yoshli qushlar juda yorqin - asosan och sarg’ish-jigarrang uzunlama chiziqlar va qanot patlari to’q jigarrang tus oladi. Keyingi yillarda och sarg’ish-jigarrang tusi butunlay yo’qolguncha, patlari tobora to’q tusga kirib boradi. Ispaniya qironqorasi tashqi ko’rinishi, turlariga qarab, yosh va yarim voyaga etgan qushlarda ko’proq malla va chiziqsiz patlar, kattalarda esa qanotning old chetida oq chegara bilan ajralib turadi.

Ko’z kamalagi yong’oq tusli-jigarrang yoki sariq, voyaga yetmaganlarida kulrang, tumshug’i moviy-shox tusli va tepasi qora rangda. Uning og’iz qismi va oyoqlari sarg’ish, tirnoqlari ko’kish-qora[3][4][5] Parvoz paytida qanotlarning uchlaridagi patlar barmoq shaklida, qush parvozga ko’tariladi, ohista uchadi.

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ustyurt yassi tekisligi, Shimoliy Qizilqum (uyalash), tekisliklar (uchib o’tish), Markaziy va janubiy O’zbekiston (nomuntazam qishlash). O’zbekistondan tashqarida: Yevropa va Farbiy Sibir janubi, Baykalorti, Xitoy va Mo’g’uliston shimoli, Qozog’iston, Farbiy Osiyo (uyalash); Farbiy va Janubi-sharqiy Osiyo, Hindiston, Sharqiy Afrika (qishlash). Ispaniya, Marokashda – boshqa kenja turi.

Soni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doimo kam bo’lgan. 1970-1980 yillarda Bo’kantov qoldiq tog’lari va Shimoliy Qizilqumda har 100 kv.km 0,4-0,8 jufti uyalar, yakka holda va ba'zan guruh bo’lib 15-tachasi uchib o’tar edi. Qishlash mavsumida 10 tagacha uchragan. Hozirda soni juda kamayib ketgan. Dunyodagi populyatsiyasi 3,5 mingdan 15 mingtagacha ekani taxmin qilinib, soni tobora kamayib bormoqda.

Hayot tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahorgi uchib o’tishi – fevral -aprel  oyida, qironqoralarning  voyaga yetmaganlari ko’chib yurishi – aprel -may oyida. Fevral -may oyida yerga 1-3 ta tuxum qo’yadi va 43 kun bosib yotadi. Poloponlari iyul -avgust oyidan ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o’tishi oktyabr -dekabr  oylariga to’g’ri keladi. Kemiruvchilar, tipratikan, toshbaqa va o’laksalar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cho’l va yarim cho’l zonalarida qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi. Inlarining buzib tashlanishi, uyalash joylarida bezovta qilinishi. Ko’pi elektr uzatish tizmalarida qirilib ketadi[6].

Aquila heliaca tuxumi - Tuluza muzeyi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Коблик Е.А., Редькин Я.А., Архипов В.Ю.,. Список птиц Российской Федерации. М.: Товарищество научных изданий КМК, 2006 — 101 bet. ISBN 5-87317-263-3. 
  2. В. К. Рябицев.. Птицы Урала, Приуралья и Западной Сибири: Справочник-определитель. Екатеринбург: Изд-во Уральского университета, 2001 — 125—126 bet. 
  3. 3,0 3,1 Benny Gensbøl. Collins Birds of Prey. UK: HarperCollins, 2007 — 324—328 bet. 
  4. Г. Дементьев, Н. Гладков.. Птицы Советского Союза. Советская наука, 1951. 
  5. S. Cramp, K.E.L. Simmons „Vol. II - Hawks to Bustards“,. The Birds of the Western Palearctic. Oxford University Press, 1980. ISBN 0-19-857505-X. 
  6. ҚИРОНҚОРА (Wayback Machine saytida 2022-08-10 sanasida arxivlangan) Redbook.uz